Kanadaning Alberta provinsiyasida 12 yoshli Natan Grushkin tomonidan 50 ta suyakdan iborat dinozavr skeleti topib olindi. Bolakay, taxminan, 69 million yillik topilmani 2020-yil iyul oyida uyushtirilgan sayrlarning birida topishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, dinozavr qoldiqlarini qazish ishlari yakunlandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Ta’kidlanishicha, Natan olti yoshidayoq dinozavrlar mavzusiga tegishli bo‘lgan narsalarga qiziqa boshlagan. Bundan tashqari, u ko‘pincha otasi bilan birgalikda Albertadagi qo‘riqxonaga sayr qilishga borar edi. Bir yil avval ular suyak parchalariga o‘xshash mayda qoldiqlarga duch keldi va ushbu yozda o‘sha joyga qaytadan borib, ularni yaqindan tekshirib ko‘rdi.

“Aslida ushbu suyak qoldiqlarini topishga muvaffaq bo‘lganimdan juda ham hayratdaman. Xuddi biznikiga o‘xshash bo‘lgan dinozavr suyaklari qanday qilib qattiq toshlarga aylanishi meni doim o‘ylantirib kelgan”, − deydi Natan.

Foto: “Korrespondent.net”

Grushkinlar oilasi Alberta shahrida joylashgan Tirell Qirollik muzeyiga murojaat qilgan, shundan so‘ng topilma joyiga mutaxassislar yuborilgan.