“Tottenhem” “Suonsi Siti” va Uels terma jamoasi himoyachisi Jo Rodon transferini e’lon qildi.

Foto: Twitter

22 yoshli futbolchi “shporlar” bilan 2025-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Rodon “Tottenhem” safida 14-raqam ostida to‘p suradi.

Transfer rasman e’lon qilinishidan oldin London klubi Rodonning kelganini Garet Beyl va Ben Devis ishtirokidagi hazilomuz videorolik bilan namoyish etdi. Videoda Rodon bazaga mashinada keladi, qabul xonasida o‘tirgan Beyl esa: “Uni qaytarib yuboring”, — deb iltimos qiladi.

Qayd etish joiz, Beyl va Rodon bir mamlakat sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Jo Rodon “Suonsi Siti”da 2016-yildan beri o‘ynab kelayotgandi. Ushbu mavsumda himoyachi Chempionshipning 4 uchrashuvida maydonga tushdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!