Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov 12-oktabr kuni BAAga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidan (2:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Championat.asia” xabar qildi.

Vadim Abramov.

Vadim Abramov.
Foto: “Daryo”
Yigitlar harakat qildi, chiroyli o‘yin namoyish etishga urindi. Raqib bizga shunday o‘ynash imkonini berdi. Bilasizmi, bu o‘yinda natija muhim emasdi. Tarkibimizdagi yigitlarni maydonda sinab ko‘rish maqsadimiz edi. Anchadan buyon ularni terma jamoada ko‘rmagandik. Eron va BAAga qarshi o‘yinlarda yig‘inga chaqirilgan deyarli barcha futbolchilar maydonga tushdi. Hech kim BAAga sayyoh bo‘lib borgani yo‘q. Yana xorijda o‘ynayotgan bir qator futbolchilar bor, ular bu yig‘inga qatnasha olmadi. Umuman olganda bu yig‘in uchun futbolchilarga rahmat aytaman. Ayniqsa, “Paxtakor” a’zolariga alohida rahmat. Ular Qatardagi OChLda deyarli bir oy mehmonxonadagi xonadan hech qayerga chiqmay yashadi. BAAga ham keldik va yana mehmonxonadan chiqmayapmiz. Terma jamoaga yordam bergani uchun rahmat.

Ha, Igor Sergeyevga doim ishonganmiz. U terma jamoada yangi emas, tajribali futbolchi. Bu o‘yinda u katta hajmdagi ishni bajardi. Juda mas’uliyatli futbolchi. Ikkita gol uchun alohida rahmat aytaman.

Aziz G‘aniyev va Otabek Shukurov BAA chempionatida o‘ynaydi. Shu bois bu uchrashuvda ularga ishonch bildirdim. Ular o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatdi. Barcha ko‘rsatmalarni to‘liq bajardi. Albatta mayda xatolar bor, ammo barchasi birdaniga bo‘lmaydi. Qisqa vaqt ichida xatolarni bartaraf etishga urinamiz. Toshkentga 16-oktabr kuni qaytamiz.

Vadim Abramov, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi