Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev 12-oktabr kuni BAA terma jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida (2:1) dublga erishdi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Bu “Paxtakor” forvardi uchun O‘zbekiston terma jamoasidagi 15 va 16-gollar bo‘ldi. 27 yoshli futbolchi terma jamoa safidagi 53-uchrashuvda ushbu natijani qayd etdi.

Shu tariqa Sergeyev O‘zbekiston terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida Ulug‘bek Baqoyev (14) va Ja’far Irismetovni (15) ortda qoldirgan holda 7-o‘ringa ko‘tarildi.

Terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar Maksim Shatskix bo‘lib, uning hisobida 34 ta gol bor. Ayni damda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilardan faqat Eldor Shomurodov (21) va Odil Ahmedov (20) Igordan ko‘proq gol urishga erishgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi