• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shohi-Zindadan o‘g‘irlangan koshinlar Britaniyadan O‘zbekistonga qaytariladi

    Britaniya muzeyi Samarqanddagi Shohi-Zinda majmuasiga tegishli bo‘lgan va yanvar oyida Londonning Xitrou aeroportida kontrabanda mahsuloti sifatida qo‘lga tushirilgan oltita koshin partiyasini O‘zbekistonga qaytaradi. Bu haqda The Guardian nashriga tayanib “Gazeta.uz” xabar qilmoqda.

    Foto: Britaniya muzeyi

    Foto: Britaniya muzeyi

    Qayd etilishicha, qo‘shimcha hujjatlarda koshinlar sotish uchun mo‘ljallangan nusxalar sifatida keltirilgan. Ularni jomadonda olib kelgan odam ularni bir kun oldin Sharjada (BAA) sotib olganini aytgan. U hatto 315 dirhamlik (taxminan 70 funt) kvitansiyani ham taqdim etgan.

    Koshinlar Buyuk Britaniya chegara xizmati vakillari tomonidan qo‘lga olinib, ularning haqiqiy yoshi, kelib chiqqan mamlakatiga aniqlik kiritish maqsadida Britaniya muzeyiga murojaat qilingan.

    Karantin holatiga qaramay, Britaniya muzeyida dunyoning yetti mamlakati olimlari bilan maslahatlashuv kengashi tashkil qildi. Unda professor Jeyms Allan (Oksford universiteti), doktor Anvar Ataxojayev (Samarqand), doktor Baxtiyor Bobojanov (Toshkent), professor Sheylu Bler (Boston kolleji), professor Robert Xillenbrand (Edinburg universiteti), Jolion Lesli va doktor Richard Makklari (York universiteti).), professor Charlz Melvill (Kembrij universiteti), doktor Jabroil Nokande (Milliy muzey, Eron), doktor Bernard O‘Keyn (Qohira), doktor Andrey Omelchenko (Rossiya davlat Ermitaji), doktor Bahar O‘zdemir (Anqaradagi Hoji Bayram Veli universiteti)lar ishtirok etdi.

    O‘zaro kengashdan so‘ng koshinlar XIII asr oxiri — XIV asr o‘rtalariga oidligi hamda Samarqanddagi Shohi-Zinda yodgorlik majmuasiga tegishli ekanligi aniqlandi. Shohi-Zinda yodgorlik majmuasida bir necha bor, xususan 1996, 2000 va 2004-yillarda arxeologik qazish va tiklash ishlari amalga oshirilgan.

    Foto: Britaniya muzeyi

    Foto: Britaniya muzeyi

    Ma’lum qilinishicha, 2004-yilda ishlar davomida ilgari majmuada mavjud bo‘lgan binolardan ham, saqlanib qolgan yodgorlik inshootlaridan ham me’moriy bezaklarning ko‘p sonli qismlari topilgan. Topilgan parchalar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutiga, Samarqand shahar tarixiy-madaniy va me’moriy muzey-qo‘riqxonasiga, Samarqand shahri tarixi muzeyi jamg‘armalariga o‘tkazilgan.

    Ushbu dalillar keltirilgach, koshinlarni import qiluvchi egalik huquqini talab qilmagan. Koshinlar musodara qilingan va keyinchalik O‘zbekistonga repatriatsiya qilish uchun Britaniya muzeyiga topshirilgan.

    Madaniyat vazirligi rasmiy murojaat olgandan so‘ng, Madaniy meros bo‘limidagi o‘zbekistonlik olimlar bilan birgalikda ushbu koshinlarning kelib chiqishini aniq joylarda o‘rganishni boshladi. Koshinlarning ma’lum bir yodgorlikka tegishliligini aniqlash uchun Samarqandga boradigan ishchi guruh tashkil etildi.

    Tadqiqotlar davomida koshinlar Xo‘ja Ahmad maqbarasi (XIV asrning ikkinchi yarmi), noma’lum maqbara (1360/61) me’moriy bezaklariga uslubiy yaqinligi aniqlandi, ammo me’moriy yodgorliklardan bezak parchalarining koshinlar bilan to‘liq mos kelishi hozircha aniqlanmadi. Ayni paytda koshinlarning ma’lum bir me’moriy yodgorlikka tegishli ekanligini aniqlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

    Madaniyat vazirligi ushbu koshinlarni 2020-yil dekabr oyida Britaniya muzeyida namoyish etishga rozi bo‘ldi. Yaqinda Britaniya muzeyi ham Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan O‘zbekistondan o‘g‘irlangan yoki sotilgan eksponatlarni aniqlash hamda ular yuzasidan maslahat berish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzoladi.

    Foto: Britaniya muzeyi

    Foto: Britaniya muzeyi

    So‘nggi o‘n yil ichida Britaniya muzeyi Iroq, Afg‘oniston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga 2500 dan ortiq buyumlarni qaytarishga yordam bergan. Masalan, 2017-yilda Britaniya muzeyi Buxorodagi Chashmai-Ayub maqbarasidan o‘g‘irlangan koshinlarni aniqlash va muvaffaqiyatli olib kelishda yordam bergan edi.

    O‘zbekiston tergov organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilganidan so‘ng, ushbu o‘g‘irlikda ishtirok etgan shaxslar jazolandi. Hozirda ushbu koshin Toshkentdagi Davlat san’at muzeyida saqlanmoqda.

    “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Britaniya muzeyi xodimlariga, shaxsan muzey direktori, doktor Xartvig Fisherga, Britaniya muzeyining Yaqin Sharq bo‘limi katta kuratori va arxeologi doktor Jon Simpson va boshqa olimlarga amalga oshirilgan ish uchun samimiy minnatdorlik bildiradi. Biz Britaniya muzeyi va Buyuk Britaniyaning huquqni muhofaza qilish organlari bilan artefakt meros obyektlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro hamkorligimizni yanada kuchaytiramiz”, — deyiladi O‘zbekiston Madaniyat vazirligi xabarida.

    O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Said Rustamov ham Britaniya muzeyi va Britaniya chegara xizmatiga minnatdorlik bildirdi. Uning ta’kidlashicha, tomonlar yodgorlik buyumlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashishda hamkorlikni davom ettiradi.

    Mavzuga doir:

    • Hukumat yapon me’mori loyihalashtirgan O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish konsepsiyasini tasdiqladi
    • Fotogalereya: Tashkent City’dagi mashhurlar muzeyiga sayohat
    • Niderlandiya muzeyidan Frans Xalsning qiymati 15 mln dollarlik kartinasi o‘g‘irlab ketildi. Asar uchinchi marta o‘g‘irlandi

    13.10.2020, 06:53   Izoh (0)   28266
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SSV Zangiotadagi COVID-19 kasalxonasida elektr toki o‘chib, kislorodga ulangan bemorlar vafot etganini rad etdi

    13.10.2020, 06:31

    Shavkat Mirziyoyev: “Agar intellektual mulk masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarmasak, O‘zbekiston 10 yildan keyin ham raqobatdosh bo‘lmaydi”

    13.10.2020, 06:00

    Hisor davlat qo‘riqxonasida mol boqqan cho‘pon jarimaga tortildi

    12.10.2020, 23:50

    Farg‘onada avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilgan 16 yoshli haydovchi shifoxonada vafot etdi

    12.10.2020, 23:33

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2020-yilda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining 378 ming dollar ish haqini undirib berdi

    12.10.2020, 23:14

    O‘zbekistondagi 100 yoshdan oshgan pensiya va nafaqa oluvchilar soni ma’lum qilindi

    12.10.2020, 23:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.