Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor giperkar uslubida tayyorlangan Lamborghini superyaxtasini sotib oldi. Bu haqda uning o‘zi Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: Innstagram / @thenotoriousmma

Qayd etilishicha, hashamatli qayiqning taxminiy qiymati 3 million dollarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, Konor uning atigi 63 nusxada ishlab chiqarilgan noyob yaxtani ekanligini ta’kidladi. Makgregor bunday yaxtalarning 12-sohibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor UFC’dagi so‘nggi jangini 2020- yilning yanvar oyida Donald Serroneni qarshi o‘tkazib, uni nokautga uchratgandi.

Yoz faslining boshlarida esa u faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi, biroq hozirda Konor yana oktagonga qaytish ustida ish olib bormoqda va hatto Dastin Porye bilan og‘zaki kelishuvga ham erishdi.