Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Filippinlik bokschi Menni Pakyao qanday shartlar asosida Konor Makgregor bilan ringga chiqishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun unga jangning sopromouterligi berilishi kerak.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Hozir Paradigm Sports Management bilan shartnomam yo‘q. Men o‘zimning Pac Sports and Entertainment kompaniyamga asos soldim va muxlislarga ular xohlagan narsani berishga tayyorman, ya’ni Konor bilan hayajonli jangni. Ushbu jang men mazkur tadbirning tashkilotchisi bo‘lsamgina amalga oshadi.
Menni Pakyao, bokschi
41 yoshli Pakyao professional boksda 71 ta jang o‘tkazib, ularning 62 tasida g‘alaba qozongan, 7 tasida esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Uning ishtirokidagi yana 2 ta jang durang bilan yakunlangan.

32 yoshli MMA jangchisi Makgregorning hisobida esa 26 ta jang, 22 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat bor. Shuningdek, u boks qoidalari asosida o‘tgan jangda (2017-yil avgust oyida) Floyd Meyvezerga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi