Amerikalik yakkakurashchi Toni Fergyuson Dastin Porye va Konor Makgregor o‘rtasidagi jangning o‘tkazilishiga keskin e’tiroz bildirdi.

Foto: Getty Images

Qanday savdo bo‘ldi, bu? Sen xalqaro terrorchidan pora olding. Ajoyib ish, yigit.

Men Amerika vakiliman. Jang haqidagi gaplarning barchasi shunchaki qo‘rqinchli bir o‘yin. Men bunga aralashmayman. Pul olib, bundan faxrlanish — bo‘lmag‘ur narsa.

Toni Fergyuson, UFC jangchisi

Qayd etish joiz, Konor Makgregor Dastin Poryening xayriya jamg‘armasiga 500 ming dollar ajratishga rozi bo‘lgandi. Ikkala jangchi noyabr yoki dekabrda jang qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson oxirgi jangini Jastin Getjiga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragandi. Hozircha u navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o‘tkazishi noma’lum.

Avvalroq Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz unga Islom Maxachev bilan jang qilishni taklif qilgandi.