60 yoshini qarshilayotgan O‘zbekiston xalq rassomi Ortiqali Qozoqov o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Namangan viloyatining Pop tumanidagi Sang qishlog‘ida tasviriy san’at galereyasini ochdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Galereyadan rassomning turli janrlardagi 60 ta asari o‘rin oldi.
“Har bir inson o‘zining kichik vatani uchun qandaydir iz qoldirishi kerak. Men hamqishloqlarimga galereya taqdim etishga qaror qildim. Bu yerda nafaqat mening kartinalarim, balki boshqa musavvirlar, xususan, umidli yoshlarimizning asarlari ham namoyish etiladi”, — deydi Ortiqali Qozoqov.
Galereyaning ochilishiga bag‘ishlangan marosimda Ortiqali Qozoqovga viloyat hokimining tabriknomasi va sovg‘alari topshirildi.
Ma’lumot uchun, Ortiqali Qozoqov 1960-yil 27-oktabrda Namangan viloyatida dunyoga kelgan. Rassomning O‘zbekistondan tashqari AQSh, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Fransiya va boshqa davlatlarda shaxsiy ko‘rgazmalari tashkil etilgan.
Izoh (0)