• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Spartak” – ozodlik, sevgi, sadoqat va sharaf haqidagi afsona. Buyuk filmni yodga olamiz

    “Spartak” buyuk rejissor Stenli Kubrikning kino olamiga o‘zi bilan tarixiy kinolar yaratish davrini olib kelgan filmlardan biri hisoblanadi. Uning premyerasiga bu yil 60 yil to‘lgani munosabati bilan “Daryo” kolumnisti Farrux Adhamjonov uning yutuq-kamchiliklari va ahamiyati haqida so‘z yuritadi.

    “Spartak” filmidan lavha

    “Spartak” filmidan lavha

    Kino haqida

    “Spartak” filmi 1960-yil Stenli Kubrik tomonidan suratga olingan bo‘lib, undagi voqealar 1951-yili Govard Fast muallifligidagi shu nomli asarga asoslangan. “Spartak” Stenli Kubrikning mashhurlik sari qo‘ygan ilk qadamlaridan; u kinorejissorning 1964-yilgi “Doktor Streynjlav” siyosiy satirasi, 1968-yilgi “2001: Samoviy odisseya” ilmiy-fantastikasi, 1980-yilgi “Porlash” psixologik xorrori kabi filmlarning yaralishida muhim ahamiyat kasb etdi. 1957-yili suratga olingan, urushning dahshatlarini ko‘rsata olgan “Ulug‘vorlik yo‘llari” filmining muvaffaqiyati esa “Spartak”ni Kubrik ekranlashtirishiga sabab bo‘ldi.

    Filmda bosh rollarni Kirk Duglas (Spartak), Lorens Olivye (Mark Krass), Piter Ustinov (Lentul Batiat), Jin Simmons (Variniya) va Jon Gavin (Yuliy Sezar) ijro etdi.

    Syujet

    Miloddan avvalgi 73–71-yillar, qadimgi Rim. Lentul Batiat Kapuya shahrida joylashgan gladiatorlarni jangga tayyorlovchi maktabga yangi qullarni sotib olishni boshlaydi. Ko‘rinishidan baquvvat va jang qilishni oldindan biladiganday tuyulgan frakiyalik Spartakni olib kelgach jangga tayyorlovchi Marselladan unga alohida e’tibor qaratishni talab qiladi.

    Qul bo‘lsa-da, gladiatorlarga yaxshi muomala qilishar, hattoki ko‘ngilxushlik uchun huzuriga cho‘rilarni olib kelishar edi. Spartakka katta umid bog‘lagan Batiat uni o‘z huzuridagi eng go‘zal qul Variniya bilan tanishtiradi. Spartak avvaliga hayvon emasligini ta’kidlab, Batiatning asl maqsadi – shu yo‘l bilan uning nasliga ega bo‘lishiga qarshi chiqadi. Variniya bilan ko‘rishgach ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya paydo bo‘lib, bir-birini yoqtirib qolishadi.

    Kunlarning birida gladiatorlar maktabiga konsul Mark Krass va Mark Glabr o‘z qullari bilan tashrif buyuradi. Krass yaqin insonining to‘yi munosabati bilan Batiatdan to‘rt nafar eng kuchli gladiatorni so‘raydi. O‘sha vaqtda gladiatorlarning o‘lguncha jang qilishi taqiqlangan bo‘lsa-da, Batiat katta pul evaziga rozi bo‘ladi va o‘zaro jang qilish uchun Spartak, Drabb, Kriks va Galinolarni sotib yuboradi.

    “Spartak” filmidan lavha

    “Spartak” filmidan lavha

    Yakkama-yakka qonli jang. Ilk jang qilichlarda bo‘lib, Kriks Galinoni o‘ldirishi bilan yakunlanadi. Spartak va Drabb esa retiariylarda jang boshlaydi, lekin Spartak o‘z sherigini hayvonlarcha o‘ldirishdan bosh tortadi. Tomoshabinlarning “uni o‘ldir” deya ishora qilishiga qarshi chiqqan holda Spartak o‘z qurolini tomoshabinlar tomonga uloqtiradi.

    Bundan g‘azablangan Krass Drabbni o‘ldiradi va ketish chog‘ida Variniyani ham sotib oladi. O‘z yaqinining o‘limi va sevgilisidan ajralganini hazm qila olmagan Spartak gladiatorlar bilan birgalikda qo‘zg‘olon boshlaydi. Ular avvaliga tarbiyachi Marsellani o‘ldirib, maktabni to‘lig‘icha egallab olishadi. Omon qolish uchun Brindizi tomonlama dengizga yo‘l olishni boshlashadi. Ular O‘rta yer dengizidagi qaroqchilar bilan kelishib, Rimni tark etishga erishadi.

    Isyonchilar Vezuviy oldidagi lagerdan qo‘nim topadi. Bu haqda eshitgan qochqindagi qullar esa ularga qo‘shilishni boshlaydi. Ularning soni kundan kunga ortishni boshlaydi. Bundan xabar topgan Rim isyonni sokin qabul qilib, Senat garnizonidan olti kogorta lashkarni safarbar qiladi. Bu qo‘shin haqida eshitgan qo‘zg‘olonchilar ularga tunda qaqshatqich zarba berib, qo‘shinni to‘lig‘icha tor-mor qilishga erishadi. Isyonchilarning navbatdagi manzili esa – Rim.

    Rimliklar sarosimada, senatorlar esa vahima ortidan Krassga mutlaq hokimiyat – diktatorlikni topshiradi. Bu vaqtda qo‘zg‘olonchilar tobora Brindiziga yaqinlashib, butun qishni urushlar bilan o‘tkazadi. Bahor kelgach Variniya farzand kutayotganini aytadi. Lekin Spartak o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan to‘xtamaydi va yurishlarini davom ettiradi. Qo‘zg‘olonchilar Brindiziga tashrif buyurgach qaroqchilar kelishuvga amal qilmaganining guvohi bo‘ladi.

    Isyonchilar dengiz qirg‘og‘iga to‘planganida ularni Krass boshchiligidagi Rim qo‘shinlari qurshovga oladi. Qochishga yo‘l yo‘q. Spartak qullar bilan Rim tomon harakatlanishni boshlaydi. Yo‘lidagi ilk qurshovni yengishga erishganiga qaramay, isyonchilar uzoqqa qocha olmaydi. Yo‘lda ularni Pompeyning otliq askarlari kutib oladi. Bu vaqtda Krass ham u yerga yetib boradi, lekin Spartakning yuzini eslay olmaydi va tirik qolish uchun isyonchilarga so‘nggi taklifni aytadi: yetakchi Spartakni topshirib, o‘z hayotingizni saqlab qoling. Bundan maqsad Spartakning jasadini bo‘laklab, butun Rimga sharmanda qilish edi.

    “Spartak” filmidan lavha

    “Spartak” filmidan lavha

    Qurshovdagi barcha qullar birin-ketin “Men Spartakman” deya baqirishni boshlaydi. Mukammal birdamlikka ajoyib misol. G‘azablangan diktator olti ming isyonchining barchasini Appiy ko‘chasi bo‘ylab xochga osishni buyuradi.

    Rimga qaytishda u endigina o‘g‘il ko‘rgan Variniyani tanib qolib, Spartakning ayoli ekanidan xabar topadi va ularni o‘zi bilan olib ketishga qaror qiladi. Krass Rim darvozalari oldida so‘nggi isyonchilar – Antonin va Spartakni tanib qolgach ular o‘rtasida jang tashkil qiladi. Albatta, bundagi qoidalar odatiy emas edi: jangda tirik qolgan yanada azobli o‘lim topishga mahkum. Qadrdon do‘stlar esa o‘zidan ko‘ra ko‘proq sherigini o‘ylashar edi. O‘zaro jangda Antonin halok bo‘ladi, Spartak u bilan xayrlashib, xochga osib qo‘yiladi.

    Krassning g‘alabasidan so‘ng Grakx o‘z ta’siri kamayganini payqaydi va Variniyani o‘g‘li bilan yashirincha ozodlikka chiqarib yuboradi. Grakx Rimning tiraniya markaziga aylanganidan o‘ziga kelolmay, joniga qasd qiladi. So‘nggi nafasi oldidan esa Spartak ayoli va farzandini ozodlikka erishganiga guvoh bo‘ladi.

    Tahlil

    “Spartak” Stenli Kubrikning eng muvaffaqiyatli filmi bo‘lmasa-da, o‘zi bilan madaniy fenomen yarata oldi. Film sabab 1960-yillardagi kino janrlari paradigmasi tarixiy tus olishni boshladi. “Spartak” – ozodlik, sevgi, sadoqat va sharaf haqidagi afsonaga teng qahramonni tasvirlab, hattoki insonning ichki holatini ko‘rsata olgan kult darajasidagi filmdir.

    Biografik ko‘rinishda suratga olingan bo‘lsa-da, undagi aksariyat sahnalar dramaturgiya sabab o‘ylab topilgan yoki o‘zgartirilgan. Shunday bo‘lsa ham, ozodlik uchun qullikka qarshi kurashgan qahramon – Spartakning hayotini ajoyib tarzda ko‘rsata olgan. Uning asosiy orzusi ham Yevropadagi “har bir shahar-qishloqdagi barcha qullarni ozod qilish”ga yo‘naltirilgan edi.

    “Spartak” filmidan lavha

    “Spartak” filmidan lavha

    Filmning o‘zi bilan olib chiqqan asosiy g‘oyasi– “ozodlik uchun kurashish” esa ko‘plab “inson huquqlari” bilan bog‘lik harakatlarga sabab bo‘ldi. “Spartak” mutlaq hokimiyat va zulmga qarshi kurashish uchun shijoat berib turishi bilan birgalikda, 1950-yillarda AQShda avj olgan makkartizm asoratlari – kuchli ijtimoiy ziddiyat va davlatning paranoik kayfiyatiga barham berishga ham qaratilgan edi. Filmda ko‘rsatilgan “Men Spartakman” sahnasidagi kuchli birdamlik esa ijtimoiy bo‘linishga qarshi maxsus qo‘shilgan edi.

    Aktyorlar ijrosi

    Filmdagi bosh rol ijrochilari nafaqat mashhur, balki shu bilan birgalikda o‘ta iste’dodli ham edi. Bu, o‘z navbatida, film muvaffaqiyatli chiqishiga katta hissa qo‘shdi.

    Spartak rolini mahorat bilan ijro etgan Kirk Duglas esa o‘sha davrning eng zo‘r aktyorlaridan biri edi. Ikkinchi plandagi aktyorlarning ajoyib ijrolari esa filmga ko‘plab mukofotlar ham olib kelinishiga sabab bo‘ldi. Bunga yaqqol misol – Piter Ustinovning Batiat rolida Oskar haykalchasini “Eng yaxshi ikkinchi darajadagi aktyor” yo‘nalishida qo‘lga kiritganidir.

    Kamchiliklari:

    • Filmdagi ba’zi tarixiy voqealar o‘zgartirilgani, tarixiy shaxslarga nisbatan (asosan salbiy yaratilgan) obyektiv bo‘lmagani;
    • Kinoda ahamiyatsiz lavhalarning uzunligi, dialoglar sahnasidagi uzoq kutishlar va keraksiz lavhalar mavjudligi sabab kinoning cho‘zilib ketgani (umumiy: 3 soat 17 daqiqa).

    Yutuqlari:

    • Spartakning qahramonligi, ozodlik uchun kurashgan va qullikka qarshi chiqqan insonlar haqida ajoyib kino yaratilgani;
    • Aktyorlar va ijodiy guruhning, ayniqsa, rejissorning kuchli mahoratini ochib bergani;
    • Oltita yo‘nalish bo‘yicha Oskarda kurash olib borib, yakunda to‘rtta haykalchani qo‘lga kiritgani. Qo‘shimcha yana sakkizta boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritgani;
    • Siyosiy-ijtimoiy hayotda ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgani.

    “Spartak” filmidan lavha

    “Spartak” filmidan lavha

    Xulosa

    Spartak: “Balki dunyoda tinchlik yo‘qdir, bizga, hatto boshqalarga ham. Buni bilmayman. Lekin aniq bilamanki, toki tirik ekanmiz, doimo o‘zimizga sodiq qolishimiz shart”. Kinodan iqtibos.

    “Spartak” filmi kino olamiga o‘zi bilan tarixiy kinolar yaratish davrini olib keldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Kino premyerasiga bu yil 60 yil to‘lgan bo‘lsa-da, ko‘plab kino ixlosmandlari uni haligacha e’tirof etib keladi. Film nafaqat faoliyati kino bilan bog‘liq odamlarga, balki oddiy muxlislarga ham yetarlicha motivatsiya bera oladi.

    Inson tug‘ilgan ekan, doimo ozodlikka intilishi tabiiy. “Spartak” esa bunga eng zo‘r misollardan biri bo‘la oladi. Jamiyatda adolat va tenglik yaratish uchun ulkan hissa qo‘shgan qahramonlar nomi hech qachon unutilmaydi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    07.10.2020, 20:26   Izoh (0)   31814
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jasur ingliz atirguli” nomini olgan Keyt Uinslet 45 yoshga to‘ldi. Aktrisa haqida ko‘pchilik bilmagan ma’lumotlar (foto)

    06.10.2020, 18:53

    Bollivudda bir kun: Hind kinolarini sevib qolishga undaydigan eng yaxshi 10 ta film (video)

    06.10.2020, 15:42

    “Dadasining qizlari” serialida opa-singillar rolini ijro etgan aktrisalar 13 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)

    06.10.2020, 11:55

    Bollivudning super yulduziga aylangan raqqosa va raqqoslari (foto)

    05.10.2020, 19:23

    “Chuqur”, “Qora niyat”, “Ramo”. Turkiya davlat senzura tashkiloti tomonidan jarimaga tortilgan turk seriallari

    04.10.2020, 17:41

    Forbes eng ko‘p pul ishlab topgan aktrisalar ro‘yxatini e’lon qildi. Sofiya Vergara reytingda birinchi deb topilgan

    03.10.2020, 16:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    30 yil avvalgi yirik hisobning takrorlanishi, turnir jadvalidagi ilgarilash: “Navbahor” va “Mashʼal” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 29 iyun, 10:51

    Styuardessalar ularni chetlab o‘tadi: samolyotda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan ichimlik va taomlar

    Layfstayl | 29 iyun, 10:40

    “Asr to‘yi”: Jeff Bezosning Venetsiyadagi 50 mln dollarlik nikoh oqshomiga 200 dan ortiq mashhurlar tashrif buyurdi

    Shou-biznes | 29 iyun, 10:15

    O‘zbekistonda valyuta tushumini sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bekor qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 10:00

    O‘zbekiston tovarlari uchun Pokiston portida maxsus ombor tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 09:00

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” “Benfika”ni yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 29 iyun, 08:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.