• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Injil tarjimasi uchun o‘tda kuydirilganlar. Uilyam Tindeyl, Yan Gus va boshqa Uyg‘onish davri olimlarining qismati haqida

    1536-yilning 6-oktabr sanasida Belgiyaning Vilvurd Bliz Brussel qasri zindonlaridan qiynoqlar ta’siridan eti suyaklariga yopishgan nochor bir tanani olib chiqishadi. Asirga olingan inson bir yarim yil davomida qorong‘i va zax zindonda saqlangan edi. Uni qasr hovlisidagi jazo ustunlariga bog‘lashadi. U so‘nggi marotaba “Parvardigor, Angliya qirolining ko‘zlarini ochgin”, deb duo qiladi. So‘ngra hukm e’lon qilinib, avval arqon bilan bo‘g‘ishadi, keyin esa o‘lik tanani o‘tda kuydirishadi. Uilyam Tindeyl kim edi va unga nima sababdan bunchalik shavqatsiz o‘lim ravo ko‘rilgan? “Daryo” sana munosabati bilan Injil tarjimasi uchun o‘tga tashlangan odamlar taqdiri haqida hikoya qiladi.

    Uilyam Tindeylning o‘ldirilishi.

    Uilyam Tindeylning o‘ldirilishi.
    Foto: Google Photos

    Uilyam Tindeyl Angliya tarixini keskin o‘zgartira olgan islohotchilarning sardori  va ularning ma’naviy yetakchisi bo‘lgan edi. Tindeyl Yangi Ahdni ingliz tilida nashr etgan birinchi odam hisoblanadi. Tindeyl haqiqiy olim va daho edi, sakkizta tilni shunchalik yaxshi bilardiki, ularning har biri o‘z ona tili deb hisoblanishi mumkin edi. Uni ko‘pincha “ingliz tilining me’mori” deb atashadi (hatto Uilyam Shekspirdan ham ko‘proq), chunki Tindeylning ko‘plab iboralari hozirgacha ingliz tilida hali ham qo‘llanilmoqda. Tindeyl Muqaddas kitob, ya’ni Injilni dastlabki zamonaviy ingliz tiliga tarjima qildi.

    U birinchi bo‘lib Gutenbergning ko‘chma bosmaxonasidan foydalanib, ingliz yozuvlarini chop etdi. Muqaddas kitobni tarjima qilishdan tashqari, Tindeyl avval katolik cherkovi, keyin qirol Genrix VIII asos solgan anglikan cherkovi tomonidan bid’at deb hisoblangan fikrlarni ham nashr ettirdi. Uning Injil tarjimasida ushbu qarashlarni targ‘ib qiluvchi eslatmalar va sharhlar mavjud. Tindeylning tarjimasi hukumat tomonidan taqiqlangan va Tindeylning o‘zi 1536-yilda Genrix VIII va Angliya cherkovi agentlarining tashabbusi bilan 1536-yilda yoqib yuborildi. Ammo Tindeylgacha ham bir necha kishi Injil tarjimasi uchun yoqib yuborilgani va halokatga yuz tutgаniga tarix guvohlik beradi.

    Injil tarjimalarining qonli tarixi

    Injil dunyodagi eng ko‘p tarjima qilingan kitobdir. Biroq Muqaddas kitobning tarjimasi qonli tarixga ega va uni tarjima qilishga jur’at etganlarning ko‘plari halokatga yuz tutdi va ayovsiz jazolandi...

    Jon Uiklif

    1427-yilda Papa Martin Jon Uiklifning qoldiqlarini qabrdan qazib olib, gulxanda yoqib, daryoga tashlashni buyurdi. Holbuki, Uiklifning vafot etganiga 40 yildan oshiqroq vaqt o‘tgan edi. Ammo uning qilmishi hali ham og‘ir jinoyat deb qaraldi.

    Foto: Google Photos

    Jon Uiklif (1330–1384) XIV asrda Angliyada eng buyuk mutafakkir bo‘lgan. O‘sha paytda cherkov hukumatda ko‘proq kuchga ega edi va Uiklif qanchalik ko‘p Rim bilan aloqada bo‘lsa, cherkov shunchalik g‘azablandi. Uiklif cherkov papaligi korrupsiyaga botgan va uning manfaatlarini ilgari surgan deb ishondi. Uiklif o‘z fikrlari yozilgan varaqalar chiqara boshladi, unda u boylik va hokimiyatga intilish o‘rniga, cherkov kambag‘allarga g‘amxo‘rlik qilishi kerak, degan fikrni ilgari surdi.

    1377-yilda London yepiskopi Uiklifdan uning oldiga kelishini va so‘zlari uchun o‘zini tushuntirishini talab qildi. Sud Uiklifni mutlaqo yeretiklikda aybladi. Yeretiklik – cherkov qabul qilgan qarorlar va diniy tashviqotlarni noto‘g‘ri deb hisoblab, boshqa yo‘nalishdagi oqim taklif qilishdir. Uiklif fitna aybi bilan ayblanib, uy qamog‘iga olindi va keyinchalik Oksforddagi Balliol kollejidagi xo‘jayini lavozimidan ketishga majbur bo‘ldi. Uiklif Muqaddas kitob hamma uchun bemalol foydalana oladigan holatdagi manba bo‘lishi kerak, deb qat’iy ishondi. U savodxonlikni kambag‘allarni ozod qilishning kaliti deb bildi.

    Muqaddas kitob, ya’ni Injilning ba’zi qismlari ilgari ingliz tiliga tarjima qilingan bo‘lsa-da, hali to‘liq tarjimasi mavjud emas edi. Lotin tilini bilmaydigan va o‘qiy olmaydigan oddiy odamlar faqat ruhoniylardan o‘rganishlari mumkin edi. Jon Uiklif yordamchilari bilan  Injilning ayrim qismlarini ingliz tiliga tarjima qilishga erishdi. Ammo cherkov 1391-yilda, hatto Injil tarjimasi yakuniga yetmay turib, inglizcha Injilni taqiqlash va nusxasi bo‘lgan har qanday kishini qamoqqa olish to‘g‘risidagi qonunni chiqardi. Qonun loyihasi muvaffaqiyatsiz tugadi va inglizcha Injil ancha keng tarqab ketdi. Alamzada cherkov  marhum Uiklifni ta’qib qilishda davom etdi va uning suyaklarini qabrdan qayta qazib olib yoqishni buyurdi. Aslida Uiklif 40 yil oldin insultdan vafot etgan edi.

    Yan Gus

    1402-yilda Chexiyada yangi asirga olingan ruhoniy Yan Gus cherkovda xizmat qilish uchun Pragadagi minbarga tayinlandi. O‘sha davrdagi Yevropada tarqalgan Uiklifning tarqatilgan qoidalaridan ilhomlangan Gus o‘zining minbaridan cherkov islohotlarini targ‘ib qilish va cherkovdagi korrupsiyaga qarshi kurashishda foydalandi. Uiklif singari Gus ham ijtimoiy islohotlarga faqat savodxonlik orqali erishish mumkin deb hisoblar edi. Lotin tilida emas, balki chex tilida yozilgan Muqaddas kitobni odamlarga berish juda zarur edi. Gus bir guruh olimlarni yig‘di va Injil tarjimasiga kirishib ketdi. Tez orada birinchi Chexiya Injili paydo bo‘ldi. Bu ish uchun ularni “Dajjolning shogirdlari” deb atashdi. Tez orada Gus bid’at uchun hibsga olindi.

    Foto: Google Photos

    Konstansa shahrida bo‘lib o‘tgan Yan Gusning sudi tarixga eng ajoyib voqealardan biri sifatida kirdi. Bu ko‘proq karnavalga o‘xshardi.Chunki bunga bir necha ming odam guvoh bo‘ldi. Yan Gus 1415-yil 1-iyulda yoqib yuborildi. Uning o‘limi uning tarafdorlarini qo‘zg‘olonga undadi. Ruhoniylar va cherkovlarga hujum qilindi. Bir necha yil Bogemiya fuqarolar urushi holatida edi. Buning hammasiga Yan Gusning Muqaddas kitobni chex tiliga tarjima qilgani sabab bo‘lgan edi.

    Uilyam Tindeyl

    Inglizcha Injilga kelsak, o‘ldirilgan eng taniqli tarjimon Uilyam Tindeyl edi. Bu XVI asrda Genri VIII taxtdaligida yuz bergan edi. Uiklifni tarjimasi hali ham taqiqlangan va qo‘lda yozilgan nusxalari qora bozorda mavjud bo‘lsa-da, ularni topish qiyin va juda qimmat edi. Ko‘pgina odamlar Muqaddas kitobda nima deyilgani haqida hali ham tasavvurga ega emas edi. Ammo tipografiya ancha ommaviy holga aylandi va Tindeyl zamonaviy tarjima qilish vaqti kelganiga ishondi.

    U buni yaratishi mumkinligini bilar edi. Unga kerak bo‘lgan yagona narsa bu — mablag‘ va jamoatchilikning qo‘llab-quvvatlashi edi. Tez orada u Londonda hech kim unga yordam berishga tayyor emasligini angladi. Hatto uning do‘sti, London yepiskopi Kutbert Tunstal ham. Cherkov ma’murlari bu haqda g‘amxo‘rlik qildi va Tindeyl yo‘liga xilma-xil to‘siqlar qo‘yishdi. Germaniyadagi diniy muhit kamroq bosim ostidaligini his qilgan Tindeyl u yerda o‘z rejasini amalga oshirish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishiga ishondi.

    Shuning uchun u Kyolnga bordi va tarjima ustida ish boshladi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, bu harakat ham xato edi. Kyoln hali ham Rimga sodiq arxiyepiskopning nazorati ostida edi. Uilyam ularning bosmaxonaga bostirib kirishlarini bildi. U qog‘ozlarni yig‘ib, qochib ketdi. Ushbu voqea keyingi bir necha yil ichida bir necha bor takrorlandi. Keyingi bir necha yilni Tindeyl ingliz ayg‘oqchilari va Rim agentlaridan qochish bilan o‘tkazdi. Ammo u Muqaddas Kitob bo‘yicha ishni yakunlashga muvaffaq bo‘ldi va tez orada uning nusxalari Angliyaga keldi, albatta, noqonuniy ravishda. Tarjima tugallandi.

    Angliyada kardinal Volsi Tindeylning Injiliga qarshi kampaniya o‘tkazdi. Tindeyl yoki uning transferi bilan aloqasi bo‘lgan har kim xavf ostida edi. Yevropada Tindeyl bilan uchrashgan ruhoniy Tomas Xitton Muqaddas kitobning ikki nusxasini mamlakatga yashirincha olib kirganini tan oldi. Uni bid’atda ayblashdi va tiriklayin yoqib yuborishdi.

    Tindeyl bilan yaxshi tanish bo‘lmagan Tomas Bil ham tiriklayin kuydirib yuborildi. Bilni birinchi bo‘lib London yepiskopi tomonidan sudga berilgan va 1529-yilda qamoqdan ozod qilindi. Ammo 1531-yilda taxtdan voz kechganida u Norvich yeparxiyasining kansleri Tomas Pelles tomonidan qayta hibsga olindi va jinoiy javobgarlikka tortildi va Norvich shahri yaqinidagi dunyoviy hokimiyat tomonidan yoqib yuborildi.

    Ayni paytda Tindeylning dastlabki tarafdorlaridan biri bo‘lgan ruhoniy Richard Bayfild qoziqqa bog‘lashdan oldin doimo qiynoqqa solindi. Oksforddagi bir guruh talabalar esa zindonda chiriydigan bo‘ldi.

    Tindeylning oxirgi taqdiri ham ayanchli bo‘ldi. 1535-yilda unga otasining pulini o‘g‘irlab, yo‘qotgan yosh aristokrat Genri Fillips xiyonat qildi. Tindeyl Angliya savdo jamoatchiligi himoyasi ostida Antverpenda yashiringan edi. Fillips Tindeyl bilan do‘stlashdi va uni kechki ovqatga taklif qildi. Ular ingliz savdogarlari uyidan birga chiqib ketayotganlarida Fillips eshik oldida dovdirab o‘tirgan bir necha qaroqchini chaqirdi. Ular uni ushladi. Tindeyl 1536-yil avgustda bid’at ayblovi bilan ayblanib, bir necha haftadan so‘ng yoqib yuborildi.

    Tindeyl 1525–1526-yillarda Yangi Ahdni ingliz tilida nashr etgan birinchi shaxs edi. Ushbu birinchi nashrning faqat bitta to‘liq nusxasi borligi ma’lum va bu nusxa uchun Britaniya muzeyi 1948-yilda ikki million dollar to‘ladi!

    Abdulazizxon Akramov tayyorladi.

    06.10.2020, 09:26   Izoh (0)   170854
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreyada 13-noyabrdan jamoat joylari va transportda niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi

    06.10.2020, 08:51

    Tog‘li Qorabog‘ning asosiy shahri Stepanakertning o‘qqa tutilganidan keyingi holati — suratlarda

    06.10.2020, 07:51

    Bishkekda parlament saylovi natijalaridan norozi bo‘lgan minglab odamlar namoyishga chiqdi

    06.10.2020, 06:22

    Minalashtirilgan yuk mashinasi, koronavirusga chalingan Tramp, muqaddas suv sepilgan mushuk. 5-oktabr suratlari

    05.10.2020, 23:43

    Rossiyalik virusolog koronavirus bilan qayta kasallanish muddatini baholadi

    05.10.2020, 21:36

    Isroildagi klinika rahbari Dushanbe meri Rustam Emomali ushbu shifoxonada davolanganini rad etdi

    05.10.2020, 18:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.