Har qanday ayol moda bilan hamohang tarzda yashamasa ham uning garderobidan charm matosidan tikilgan yubka, shim yoki boshqa bir libos topiladi. Ko‘pincha ikki mavsum mobaynida kiyish mumkin bo‘lgan charm liboslarni urfga kirishini kutib o‘tish shart emas. Shunchaki u bilan mos keluvchi qo‘shimcha kiyimlar va detallar orqali ularni mavsumbop qilish har kimning didiga bog‘liq.

Foto: Harper’s Bazaar

Shuningdek, charmdan ishlangan liboslarni hamma ham boshqa matodagi liboslar bilan kelishtira olmaydi. Lekin tajriba qilishdan qo‘rqmaslik lozim. Matoning rangi va qalinligi bir-biriga mos kelsa, tanlangan uslub ham o‘z-o‘zidan ommalashishga sabab bo‘ladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Charm libosning keng bichilgan o‘lchamdagilari yana modaga qaytmoqda. O‘tgan asrning 80-90-yillari keng o‘lchamdagi charm plashlar kiyish urfda bo‘lgan.

Foto: Harper’s Bazaar

Juda salqin bo‘lmagan havoda qulaylikni istaganlar uchun ushbu uslub ayni muddao.

Foto: Harper’s Bazaar

Xonimlar orasida keng bichimda tikilgan kostyumlar ancha ommalashdi, shuningdek, uning charm matodagisi ham o‘zgacha ko‘rinish hosil qiladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Charm matodan tikilgan shimlar ham kuz mavsumi uchun ajoyib tanlov.

Foto: Harper’s Bazaar

Odatda charm libos sumka va poyabzalga monand tanlanadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Charm libosning boshqa kiyimlardan ajralib turishi ham o‘zgacha uslubni kashf etadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Mukammal qomat egalari qo‘rqmasdan charmdan tikilgan plashlarni kiyishi mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar