Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-sentabr kuni byurokratik to‘siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qonun bilan, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi funksiya va vakolatlari bekor qilindi:

  • faoliyati suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalarning texnologiya, o‘rmon-melioratsiya va agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya-texnika tadbirlarini o‘tkazishlari uchun kelishish lozimligi;
  • korxonalar va tashkilotlarga quyidagi masalalarda yozma ko‘rsatmalar berish:
  • suv toshqinlarining, suv bosishi va zax bosishining;
  • sohillar, himoya dambalari va boshqa inshootlar buzilib ketishining;
  • yerlarning botqoqlanishi va sho‘rlanishining;
  • tuproq eroziyasining, jarlar, o‘pirilishlar yuzaga kelishining, sel oqimlarining va suvlar yetkazadigan boshqa zararli ta’sirning oldini olish hamda uni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
  • aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi vakolatlari joriy qilindi:
  • Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirish bilan hokimlarning ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan qarorlar qabul qilish va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan ayrim qoidalarni belgilash vakolati;
  • “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, hokimlarning atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining yo‘l qo‘yiladigan normativlarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va tugatish masalasida qaror qabul qilish vakolati;
  • “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash uchun ruxsatnoma berish vakolati;
  • “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘rmonlarning holatiga zarar yetkazilgan hollarda tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.Eslatib o‘tamiz, 2020-yilgi davlat dasturi loyihasida hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish, ularga xos bo‘lmagan va takrorlanuvchi funksiyalarni tegishli organlarga o‘tkazish belgilangan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil boshida parlamentga qilgan murojaatida ham aytib o‘tgandi.

“Amaldagi qonun hujjatlarida hokimliklarning 300 ga yaqin vazifa va funksiyalari nazarda tutilgan. Shundan 175 tasi mazmun-mohiyatiga ko‘ra hokimlarning asosiy vazifalari toifasiga kirmaydi va turli idoralarning funksiyalarini takrorlaydi”, — degandi davlat rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)