• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yuksalish” umummilliy harakati koronavirus bo‘yicha haqiqiy statistikani yashirmaslikka chaqirdi

    “Yuksalish” umummilliy harakati koronavirus statistikasi ishonchliligi, testlar, shuningdek, COVID-19’ga qarshi kurash bo‘yicha maxsus shtabning “noma’lum” tarkibli mutaxassislari va qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligi yuzasidan mas’ullarga bir nechta savollar bilan yuzlandi. Umummilliy harakat yopiqlik, ayrim masalalar yuzasidan sukut saqlash va noaniqlik vahima, mish-mishlar tarqalishi, feyklar ko‘payishiga olib keladi, bu esa fuqarolarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik ortishiga olib keladi, deb hisoblamoqda. Quyida ularning bayonoti to‘lig‘icha havola etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Birinchidan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish va o‘lim holati statistikasi qanchalik ishonchli?

    Albatta, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat haqida kunlik ma’lumotlar e’lon qilinmoqda. Masalan, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra 29-sentabr (soat 10:00) holatiga ko‘ra, 56 068 nafar kishida kasallik qayd etilgan. Ularning 52 466 (94 foizi) nafari davolanib chiqqan, hozirda tibbiyot muassasalarida 3 139 nafar bemor davolanmoqda.

    Ammo uyda davolanayotgan bemorlarning umumiy soni-chi? Agar tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar bor-yo‘g‘i 3 139 nafar bo‘lsa, nega hali ham shifoxonalarda joy yetishmayotgani haqida xabarlar kelmoqda va zudlik bilan yangi joylar tashkil etilmoqda? Masalan, birgina Toshkentda qo‘shimcha ravishda 10 000 ta yotoq o‘rinlari tashkil etish rejalashtirilgan.

    Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir hafta davomida o‘lim holati to‘g‘risida umumiy axborot bermayapti, kunlik statistik ma’lumot bilan cheklanmoqda xolos. Bu ma’lumotlarga fuqarolar shubha bilan qarayotgani kuzatilmoqda.

    Pnevmoniya va uning natijasida bo‘layotgan o‘lim holatlari bo‘yicha statistika ham aniq emas. Vaholanki, JSST mamlakatlarni ushbu ikki ko‘rsatkichni birlashtirishga da’vat etdi. Masalan, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda koronavirus va koronavirus pnevmoniyasidan o‘lim statistikasi alohida e’lon qilinmoqda.

    Ikkinchidan, aholining koronavirusga test topshirish qamrovi ta’minlanmoqdami, tahlil natijalarini qanchalik tez olish imkoni bor va ularga ishonish mumkinmi?

    Davlatimiz rahbari 15-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida koronavirusga o‘z vaqtida test topshirish va uning natijalarini ertasi kuni olish uchun mavjud imkoniyatlarni safarbar qilishga topshiriq bergan edi. Biroq COVID-19’ga test topshirish va uning javoblarini o‘z vaqtida olish qiyinligi haqida shikoyatlar haligacha jamiyatning kun tartibida turibdi.

    Bundan tashqari, test tahlili natijalari ham ishonchsizlikka sabab bo‘lmoqda. Kuni-kecha Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi O‘zbekistondan Koreyaga uchinchi mamlakat orqali uchib borayotgan fuqarolarimiz qo‘lida PZR-test natijasi manfiy bo‘lgan ma’lumotnoma bo‘lishiga qaramay, COVID-19’ga namuna olinganda, boshqa mamlakatlarga nisbatan natijalar ko‘proq ijobiy chiqayotgani haqida ma’lum qildi. Elchixona xabarida, shuningdek, ba’zi fuqarolarimiz PZR-testining salbiy natijasi haqidagi ma’lumotnomalarni soxtalashtirayotgani yoki salbiy test natijasini olish uchun shifoxonada qasddan noto‘g‘ri test o‘tkazilishiga erishishayotgani yoxud uchinchi davlat tranzit hududida kasallikni yuqtirib olayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

    Uchinchidan, koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha maxsus shtab tarkibiga qaysi shaxslar, shu jumladan, qaysi mutaxassislar kiritilgan?

    Prezidentimizning joriy yil 29-yanvardagi farmoyishiga binoan bosh vazir boshchiligida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiya 25 kishidan iborat bo‘lib, ularning ro‘yxati farmoyishning ilovasida keltirilgan. Ammo koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tuzilgan maxsus shtab takibida kimlar borligi noma’lumligicha qolmoqda.

    To‘rtinchidan, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat, navbatdagi to‘lqinga tayyorlik, vaksinalar sotib olish choralari to‘g‘risidagi hisobotlarni nega Respublika maxsus komissiyasi taqdim etmayapti?

    Misol uchun, O‘zbekistonning ikkinchi to‘lqinga tayyorligi to‘g‘risida sog‘liqni saqlash vaziri yoki ushbu sohaga mas’ul bosh vazir o‘rinbosari emas, mutaxassis darajasidagi shaxslar ma’lum qilmoqda. Bunday muhim bayonotni yuqori kompetensiyaga ega shaxslar tomonidan e’lon qilinishi xabarning ishonchlilik darajasining yuqoriligini ta’minlashi ma’lum.

    Umuman olganda, qaror qabul qilish jarayoni qanchalik shaffof? Albatta, bunday favqulodda vaziyatda qarorlar zudlik bilan qabul qilinadi. Hech bir davlatda tayyor retsept mavjud emas. Biroq keyingi “tajriba” ishlamasa, mas’uliyatni kim o‘z bo‘yniga oladi? Dezinfeksiya tunnellari, davolash protokollariga kiritilgan va keyinchalik ulardan chiqarib yuborilgan dori-darmonlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

    Pandemiya paytida sog‘liqni saqlash tizimiga va bir qator davlat idoralariga mamlakat rahbariyati va fuqarolar tomonidan kart-blansh (keng vakolatlar) berildi, samarali faoliyat yuritishlari uchun sharoitlar yaratildi, shu jumladan o‘z vaqtida moliyalashtirildi va chet ellik mutaxassislar jalb qilindi. Biroq hozircha munosib samara va natija kuzatilmayapti.

    Shu munosabat bilan, “Yuksalish” umummilliy harakati mas’ul idoralar rahbarlarini quyidagilarga chaqiradi:

    1. Respublika maxsus komissiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risida fuqarolarni to‘liq va xolis axborot bilan ta’minlab borish, xususan, koronavirus infeksiyasi tarqalishining aniq ko‘rsatkichlari va o‘choqlari, uyda davolanayotgan odamlar, vafot etganlar soni ko‘rsatilgan kunlik batafsil hisobotlarni e’lon qilib borish.
    2. COVID-19 yuqishi natijasida kelib chiqqan pnevmoniya holatlarini va koronavirus infeksiyasini yaxlit statistik ma’lumotlar ko‘rinishida birlashtirish, shu jumladan pnevmoniyani yuqtirgan va uning oqibatida vafot etganlar sonini taqdim etish.
    3. Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zolarining to‘liq ro‘yxatini jamoatchilikka taqdim etish.
    4. Fuqarolarni epidemiologik vaziyat haqida xabardor qilishga qaratilgan brifing va matbuot anjumanlarida vazirlik va idoralar rahbariyati darajasidagi vakolatli shaxslar, Respublika maxsus komissiyasi a’zolarining ishtirok etishini ta’minlash.

    Yopiqlik, ayrim masalalar yuzasidan sukut saqlash va noaniqlik vahima, mish-mishlar tarqalishining, axborot makonida feyklar ko‘payishining omillari bo‘lib, pirovardida fuqarolarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik ortishiga olib keladi, deb hisoblaymiz. Davlat rahbari koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishning haqiqiy holati bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha hokim va rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Ishonchli, xolis, o‘z vaqtida berilgan ma’lumotlar fuqarolarga asosli qarorlar qabul qilishga, o‘zlari va boshqalarning sog‘lig‘ini himoya qilish uchun mas’uliyat bilan yondashishga imkon beradi.

    Pandemiya butun dunyoda to‘liq bartaraf etilmas ekan, xotirjamlikka berilib bo‘lmaydi. Barcha yurtdoshlarimizni xushyorlikka, juda ehtiyotkorlik bilan karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirib qolamiz.

    Eslatib o‘tamiz, “Daryo”da Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan yuzdan ortiq bemorlar kasallik qayd etilganidan bor-yo‘g‘i 2–3 kun o‘tib “sog‘ayib chiqa boshlagani”i haqida maqola e’lon qilinganidan so‘ng SSV viloyatlar bo‘yicha batafsil statistikani e’lon qilmay qo‘ydi.

    Undan avval faol jamoatchilik tomonidan yuritilayotgan o‘lim statistikasi vazirlik statistikasidan tobora farq qila boshlashi fonida, vazirlik vafot etganlarning ism-familiyasi bosh harflari, jinsi, yoshi, qayerda yashagani haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni ham to‘xtatgandi.

    29.09.2020, 18:13   Izoh (0)   26468
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda avtomobilning sug‘urtasi yo‘qligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirish amaliyoti bekor qilindi

    29.09.2020, 17:41

    “Axborot pandemiya paytida hayot va mamot masalasiga aylandi” – Komil Allamjonov

    29.09.2020, 17:16

    Moskvada COVID-19 bemorlari soni ortgani tufayli maktablardagi ta’til vaqti uzaytirildi

    29.09.2020, 16:48

    Surxondaryoda mehribonlik uyi darvozasi tagiga chaqaloq tashlab ketildi

    29.09.2020, 16:19

    Samara va Rostovdagi palata lagerlarda yashagan barcha o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

    29.09.2020, 15:43

    Abdulla Aripov o‘z vaqtida suv yetkazib berilgani uchun Tojikistonga minnatdorlik bildirdi

    29.09.2020, 15:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 14,5 mlrd so‘m mukofot to‘landi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 09:39

    Eron Isroilga birinchi marta “Sejjil” raketasini uchirdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 09:20

    Maykl Jeksonning sobiq advokati uning o‘limi sababini fosh qildi

    Musiqa | 19 iyun, 09:17

    G‘azoda 30 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 19 iyun, 09:04

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Al-Hilol” bilan durang o‘ynadi, “Yuventus” “Al-Ayn” darvozasiga 5 ta gol urdi (video)

    Sport | 19 iyun, 08:52

    Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan pora olgan maktab direktori o‘rinbosari ushlandi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 08:39

    Tramp Eronga hujum rejasini tasdiqladi, biroq yakuniy buyruqni bermadi — WSJ

    Dunyo | 19 iyun, 08:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.