Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash borasida Tojikiston bilan hamkorlikda bir qator investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Foto: Energetika vazirligi

Foto: Energetika vazirligi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida 500 kilovattlik G‘uzor–Regar (L-507) elektr uzatish tarmog‘ini tiklash” investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 500 kilovattlik G‘uzor–Regar (L-507) elektr uzatish tarmog‘ining O‘zbekiston hududidagi 63 kilometr uzunlikdagi qismi qayta quriladi. Loyihaning dastlabki qiymati 25 million AQSh dollarni tashkil etadi.

Xalqaro tender tanlovlari natijalariga ko‘ra, Xitoyning Shanghai Electric Power Transmission & Distribution kompaniyasi g‘olib deb topildi va mazkur investitsion loyiha ushbu kompaniya bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Loyiha Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi bayonnomasi asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha O‘zbekiston va Tojikiston energiya tizimlarining parallel ishlashi vaqtida elektr energiyasi ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi