Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatida Damas yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda IIV.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 21-sentabr kuni soat 02:40 larda Namangan shahar “Xalqlar Do‘stligi” MFY, To‘qimachilar ko‘chasida Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinani boshqarib borayotib harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda – Namangan shahrida yashagan, 1971-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Facebook asoschisi Mark Sukerberg uchinchi marta ota bo‘ldi (foto)
Sport
La Liga prezidenti: “Barselona” Messini ortga qaytara olmaydi 
Shou-biznes
Bir yil davomida suratga olingan, professional aktyorlar ansambli jamlangan “Ofitser 55” filmi taqdimotidan reportaj (foto, video)