Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlariga 2021-yilgacha rag‘batlantirish pullari to‘lanmaydi. Bu haqda hukumatning “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21-sentabrda qabul qilingan qarorida belgilandi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qarorga muvofiq, budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, OTMlarning moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishining to‘xtatib turilishi 2020-yil 1-oktabrdan 2021-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi. Tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylari hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razryadlari qo‘llaniladigan xodimlar bundan mustasno.

Shuningdek, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan 224 milliard 288 million so‘m xarajatlar maqbullashtirildi.

Qarorga ko‘ra:
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tasdiqlangan daromadlar prognozining bajarilmasligi hisobiga xarajatlarning maqbullashtirilgan qismi — respublika budjetiga;
  • ushbu qarorga muvofiq maqbullashtirilgan mablag‘lar — Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Qaror bilan, shuningdek, respublika va mahalliy budjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)