Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan davlat xaridlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar e’lon qilindi. Moliya vazirligining axborot xizmati mazkur ma’lumotlarning har haftada yangilab turilishi haqida xabar bergan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Hisobotlarda respublikada qaysi tashkilotga qancha mablag‘ ajratilgani, davlat xaridlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar, yetkazib beruvchilarning benefitsiarlari kabi axborotlar o‘rin olgan.

Shuningdek, Moliya vazirligi saytida interaktiv sahifa ochilgan. Ayni paytdagi ma’lumotlar 18-avgust holati bo‘yicha keltirilgan.

Foto: Moliya vazirligi

Foto: Moliya vazirligi

Foto: Moliya vazirligi

Foto: Moliya vazirligi

Foto: Moliya vazirligi

Foto: Moliya vazirligi

Foto: Moliya vazirligi

Foto: Moliya vazirligi

Foto: Moliya vazirligi

Foto: Moliya vazirligi

Jamg‘arma hisobidan sarflanayotgan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlarning ochiqlanishi keng jamoatchilikka, jurnalistlar va blogerlarga bu borada mustaqil surishtiruvlar o‘tkazish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Inqirozga qarshi jamg‘armasi Prezident tomonidan koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar doirasida 2020-yilning mart oyida tuzilgan. May oyida jamg‘arma mablag‘larining 3 trillion 306 milliard so‘mi ishlatilgan bo‘lib, ularning aksariyati (1,4 trillion so‘m) iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgandi.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga 10 trillion so‘m yo‘naltirilgan bo‘lib, u uchta xalqaro tashkilotdan olingan qarzlar hisobiga shakllantirilgan: mablag‘larning 41,9 foizi Osiyo taraqqiyot banki, 37,9 foizi Xalqaro valyuta jamg‘armasi, 20,2 foizi Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan.

2020-yil 18-avgust holatiga ko‘ra, jamg‘armadan 8 trillion 448,7 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan, shundan 6 trillion 753,5 milliard so‘mi tegishli tashkilotlar tomonidan o‘zlashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Mahalliy
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)