• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Goktuk Kara: Biz endi avtohalokatlarni baxtsiz hodisalar deb atamaymiz

    Turkiyadagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining dasturiy menejeri Goktuk Kara, yo‘l harakati xavfsizligini qanday yaxshilash haqida suhbatlashdi.

    — Janob Kara, ma’lumki, Turkiya aholisining katta qismi shaharlarda yashaydi va mamlakatning jadal urbanizatsiyasi “aqlli shahar” ekotizimiga tez o‘tishga turtki beradi. Iltimos, aytingchi, aqlli shahar kontsepsiyasi yo‘l harakati xavfsizligini qanday yaxshilaydi?

    — Turkiya rivojlanayotgan mamlakat, shu jumladan, demografik jihatdan ham: aholining o‘sish sur’atlari ijobiy dinamikani ko‘rsatmoqda. Birgina so‘nggi yigirma yil ichida Istanbul aholisi uch baravarga ko‘payganini aytish kifoya: rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda hozir 15,5 million kishi istiqomat qiladi. Albatta, ushbu tendensiyani hisobga olgan holda, transport tarmoqlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

    Parallel ravishda avtoulov, avtobus va temir yo‘l tizimlari mavjud bo‘lganligi sababli, mamlakatda o‘sib borayotgan talab sharoitida ushbu quvvatlarni taqsimlash rejasi mavjud, ammo ba’zida bu yetarli emas. Aynan shuning uchun “aqlli” ekotizimlar shaharlardan transport sohasiga bosimni kamaytirishga yordam beradi deb o‘ylayman.

    Trafikni boshqarish transport tarmog‘ining muhim segmentidir. Masalan, avtobus marshrutlarini olaylik: “aqlli” tizimlar marshrutlarning tirbandligini baholash orqali transport marshrutining har bir uchastkasining ishlash samaradorligini tushunish uchun ma’lumotlar to‘plamini taqdim etadi.

    Bunday ma’lumotlar yordamida yo‘l xizmatlari transport harakatini tartibga solishlari, haydovchilar maxsus to‘xtash joylarini kuzatib borish uchun maxsus dasturlardan foydalanishlari va fuqarolar esa transportning kelish vaqtini o‘zlarining smartfonlarida jadval bo‘yicha kuzatishlari mumkin.

    Lekin, bu ma’lumotlarning o‘zi faqatgina samaradorlikni oshirish vositasi ekanligini anglash kerak. Shu sababli, jamiyat, fuqarolar va siyosatchilar shaharni rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlariga ega bo‘lishi muhimdir.

    Avvalam bor, shaharlardagi odamlarni sekinlashtirish kerak. Bu g‘ayrioddiy tuyulishi mumkin, ammo shaharlar - shoshiladigan joy emasdir. 30 km/s dan yuqori tezlikda harakatlanish avtohalokat paytida o‘lim ehtimolini bir necha borga ko‘paytiradi.

    Infratuzilmaning xavfsizligi juda muhimdir. Siz velosipedchilar va piyodalarni himoya qilish orqali harakatlanuvchilarning ushbu segmenti uchun yaxshi infratuzilmani yaratishingiz lozim.

    Favqulodda vaziyatlarda qo‘ng‘iroq qilish tizimlari ham yo‘l harakati xavfsizligi uchun juda muhimdir. Baxtsiz hodisa paytida tez yordam xizmatlari halokat joyiga hech qanday to‘siqsiz yetib borishlari shart. Halokat paytida transportni boshqarishning ushbu ustuvor yo‘nalishi juda ham muhimdir.

    — Turkiya va O‘zbekiston madaniy jihatdan bir-biriga o‘xshash mamlakatlardir. Iltimos, Turkiyada O‘zbekistonda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha tajribangiz bilan o‘rtoqlashing. Sizningcha, harakatlanish madaniyatini qanday oshirish kerak? Jarimalarni kuchaytirish, ijtimoiy reklama, yana nima?

    — Menimcha, bu haqiqatdan ham juda yaxshi savol. Men madaniy kodga ishonaman. Bu biz o‘rgangan narsalar va biz jamiyat madaniyatida qanday ishtirok etamizdir.

    Boshlang‘ich maktabdanoq yo‘l harakati havfsizligi madaniyatini o‘zlashtirish lozim. Maktab yoshidagi bolalarda baxtsiz hodisaga uchrash xavfi bor va bu jiddiy jarohatlarga, uzoq vaqt azob chekishga, tushkunlikka tushishiga va undan ham yomoni - o‘limga olib kelishi mumkin.

    Kattalar uchun uzoq muddatli kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish muhimdir. Faqatgina jarima to‘lash bilan cheklanib, radarlar va videokameralar o‘rnatish etarli emas. Odamlar o‘zlarining harakatlarining oqibatlarini tushunib yetishlari muhimdir.

    Agar yosh bola to‘satdan yo‘lga sakrab chiqsa, katta tezlikda to‘xtash qiyinligi va bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini haydovchi tushunishi kerak.

    Bundan tashqari, davlat aniq harakat rejalari strategiyagasiga ega bo‘lishi kerak. Qonunbuzarliklar qattiq jazolanishi kerak. Odamlar qo‘lga olinishlarini, jarimaga tortilishlarini va qilmishlari uchun javob berishlari kerakligini anglashlari lozim.

    VisionZero yo‘l harakati xavfsizligi loyihasi Turkiyada 2017-yildan beri boshlangan. Shvetsiya hukumati tomonidan 1970-yilda kiritilgan ushbu kontsepsiya endi Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarini qamrab oladi. Maqsad - baxtsiz hodisalardan keyin o‘lim holatlari sonini nolga chiqarishdir.

    Biz avtohalokatlarni baxtsiz hodisalar deb atamaymiz, chunki baxtsiz hodisalar taqdir tasodifini, aslida tasodifni anglatadi. Ammo yo‘l harakati xavfsizligi statistikasini tahlil qilsangiz, gap beparvolik haqida emasligini ko‘rishingiz mumkin. Bu holda gap deyarli har doim qoidabuzarliklar, spirtli ichimliklar iste’moli, tezlikni oshirish, xavfsizlik kamarlarini e’tiborsiz qoldirish haqida ketadi. Ko‘p qoidabuzarliklar bor va aynan ular yo‘llardagi o‘limlar manbasidir.

    Biz ularni baxtsiz hodisalar deb atashni to‘xtatdik. Chunki 50 km/soat tezlikdaharakatlanish kerak bo‘lgan joyda 120 km/s tezlikda harakatlanib, xavfsizlik kamarini taqmaslik baxtsiz hodisa emas.

    Yashirmayman: Turkiyada VisionZero loyihasini amalga oshirish dastlab qiyin bo‘lgan, ammo loyiha amalga oshirilgandan so‘ng baxtsiz hodisalar soni sezilarli darajada kamaydi. Bundan tashqari, nisbiy o‘lim darajasi ham pasaymoqda va bu asosiy natijadir.

    Bu yerda hech qanday sir yo‘q va umuman VisionZero loyihasi to‘rt bosqichdan iborat:

    Birinchi bosqich - mavjud vaziyatni tahlil qilish: birinchi navbatda institutsional va qonunchilik tuzilmalari.

    Ikkinchi bosqich - yechimlarni topish va umuman mamlakat uchun istiqbolli strategiyani yaratish.

    Uchinchi komponent – yo‘l transport hodisalari registrini yaratish. Siz o‘lchamagan narsangizni boshqa olishning iloji yo‘qligini tushunishingiz va qabul qilishingiz kerak. Statistika - avariyalar nima uchun ro‘y berayotganini tushunishning kalitidir.

    To‘rtinchi daraja - siyosatchilar, taniqli shaxslar va xususiy sektor ishtirokida turli aloqa kanallari yordamida amalga oshiriladigan kommunikatsiya strategiyasi.

    Bugungi kunda Turkiya yo‘l-transport hodisalarini bartaraf etishga YAIMning 2 foizini sarf qilmoqda. Bu davlat shunchaki yo‘qotadigan juda katta miqdor. Bundan tashqari, bu raqam faqat statistik qiymat bo‘lib, uning orqasida aniq odamlarning jarohatlari va o‘limlari mavjud. Yo‘l-transport hodisalari ham bilvosita oqibatlarga: jiddiy shikastlanishlar, ruhiy tushkunlik, ajralish va ish joyining yo‘qolishiga olib keladi. Jamiyat to‘laydigan bu narxni kalkulyatorda hisoblash mumkin emas, lekin u juda yuqori. Aynan shuni har bir fuqaroga yetkazishga harakat qilmoqdamiz.

    — Shu kunlarda O‘zbekistonda Yevropa Harakatlanish Haftasi bo‘lib o‘tmoqda, uning asosiy mavzularidan biri - Zero-emission Mobility. Velosiped va elektroskuterlar kabi muqobil transport turlari Turkiyada qanchalik mashhur? Ushbu turdagi transport uchun infratuzilmani yaratishda rasmiylar nimalarga e’tibor berishlari kerak?

    Yevropa Harakatlanish Haftasi bu juda muhim voqeadir, turli yo‘llar, yangi qarashlar va vositalar mavjudligini yetkazish uchun global imkoniyatdir. Bu yil Yevropa Harakatlanish Haftasida 538 ta munitsipalitet qatnashmoqda, bu Turkiya shaharlarining yarmidir.

    Elektroskuterlar va velosipedlar mamlakatimizda juda mashhur transport turlariga aylanmoqda. Kuni kecha, Yevropa Harakatlanish Haftasining taqdirlash marosimi munosabati bilan vazirimiz elektroskuterlar harakatini tartibga solishning yangi qoidalari joriy etilishini e’lon qildi.

    Shu bilan birga, infratuzilma yaxshi ishlab chiqilishi va shahar transport tarmog‘iga qo‘shilishi kerak. Odam yo‘lning bir qismini velosipedda aylanib o‘tishi, keyin yo‘lini avtobusda davom etishi va so‘ngra velosipedda o‘z manziliga yetib boorish imkoni bo‘lishi kerak. Integratsiya va multimodallik fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish kalitidir.

    Shahardagi har bir harakatlanuvchi jamoat transportidan ham, velosipedlarni ijaraga olish punktlaridan ham yaqin masofada foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun shunday ekotizimni yaratish kerak.

    Xavfsizlik mavzusiga qaytsak. Hukumat xavfsizlik haqida o‘ylashi lozim. Baxtsiz hodisalarning 70% dan ortig‘i zaif guruhlarga, shu jumladan piyodalar va velosipedchilarga to‘g‘ri keladi. Farzandingizga velosipedda maktabga borishiga ruxsat berasizmi? Katta ehtimol bilan - yo‘q, chunki u yo‘lda umuman himoyasiz bo‘lgani uchun.

    Birinchi navbatda, motorsiz transport vositalari uchun infratuzilma, ajratilgan yo‘llar va yo‘lakchalar yaratish kerak, ular bo‘ylab qulay va xavfsiz harakatlanish mumkin bo‘lishi lozim. Shunda va faqat shundan keyingina odamlar ulardan foydalanishni boshlaydilar!

    Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi

    22.09.2020, 18:05   Izoh (0)   35082
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Si Szinpinni masxaraboz deb atagan xitoylik tadbirkor va bloger korrupsiyada ayblanib, 18 yilga hukm qilindi

    22.09.2020, 16:11

    Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab iste’foga chiqdi

    22.09.2020, 11:14

    Donald Tramp Eronga oddiy qurol yetkazib beruvchilarga nisbatan sanksiya joriy qildi

    22.09.2020, 10:42

    Turkmanistondagi maktablarda jismoniy tarbiya, musiqa, mehnat va rasm darslari bekor qilindi

    22.09.2020, 10:12

    Belarusdagi konchi norozilik sifatida shaxtadan chiqishdan bosh tortdi. U 440 metr chuqurlikda qoldi

    22.09.2020, 09:13

    BMT tadqiqotida butun dunyo aholisi nimani istashi va nimalardan qo‘rqishi aniqlandi

    22.09.2020, 08:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.