AQShda koronavirus oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 200 ming kishidan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq asoratlardan vafot etgan bemorlar soni 200 252 nafarga yetgan. Mamlakatda qayd etilgan bemorlarning umumiy soni 6 872 925 kishini tashkil qilmoqda. Kasallanganlarning 2 615 974 nafari tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq JSST dunyoda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etilganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)