• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirusning davomi, chekinmayotgan belaruslar va Shnobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan prezidentlar. Jahon matbuoti sharhi

    Sentabr oyining uchinchi haftasi ham bir qator e’tiborga molik hodisalar bilan yodimizda qoldi. Bugungi dayjestimiz jahon siyosiy maydonida yuz berayotgan yangiliklar haqida.

    Koronavirus

    Yozda chekingandek ko‘ringan COVID-19 kasalligi yana xuruj qilishni boshladi. Bu, ayniqsa, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Isroil va Hindistonda tezlik bilan o‘sib bormoqda. Hindistonda kasallanganlarning umumiy soni besh milliondan oshib ketdi. O‘tgan hafta davomida Isroil kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida uch haftalik karantin rejimi joriy etilishini e’lon qildi. Biroq mamlakat vazirlari keskin karantin choralari qo‘llanilishiga qarshi chiqdi.

    Foto: The New Yorker

    Foto: The New Yorker

    Yevropa Ittifoqidagi Avstriya va Chexiya kabi davlatlar mamlakatda kasallikning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi.  Estoniya esa kasallik sabab g‘alati taqiq joriy qildi. Unga ko‘ra, mamlakatda tungi paytda alkogol mahsulotlarini sotish taqiqlab qo‘yildi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson esa mamlakatda qayta karantin joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi.

    O‘tgan haftada kasallik ilk tarqalgan Uxan shahri pandemiya boshlanganidan buyon ilk bor xalqaro parvozni qabul qildi. Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreyaning T'Way Airlines aviakompaniyasi 16-sentabr kuni Seul—Uxan—Seul yo‘nalishida parvozni amalga oshirdi. Reys Boeing 737-800 samolyotida haftada bir marta, chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

    Bu orada AQShning Xitoydagi elchisi COVID-19 epidemiyasini Uxanda ushlab qolish mumkin bo‘lganini aytdi. “Koronavirusni Uxanda ushlab qolish mumkin edi, yakunda esa butun dunyo bo‘ylab pandemiyaga aylanib ketdi”, dedi amerikalik diplomat. “Xitoydagi tizim shundayki, ular vaziyatni yashirgan va hatto boshida xavf haqida ogohlantirgan shifokorlarni jazolagan”, deya ta’kidladi Bransted. Shuningdek, u AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuvida javobgarlikni Pekinning zimmasiga yukladi.

    Koronavirus infeksiyasidan o‘lim sonining kamayishi va uning tarqalish potensialining oshishi virusning odamlarga moslashganidan dalolat berishi mumkin, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” “Rospotrebnadzor” matbuot xizmatiga tayanib. Agar bu tendensiya davom etsa, COVID-19 mavsumiy kasallikka aylanadi. “Aftidan, kelajakda O‘RVI mavsumiy qo‘zg‘atuvchilari strukturasiga integratsiyalashgan SARS-CoV-2 ko‘rinishida davom etishi mumkin”, deyiladi xabarda. Aprel oxiridan buyon o‘limlar soni 7,2 foizdan 3,2 foizgacha kamaygani ta’kidlandi.

    Avvalroq “Rospotrebnadzor” ayni paytda dunyoda bir necha ming koronavirus mutatsiyasi mavjudligi, biroq ulardan faqat 22 tasi sobit va barqaror meros bo‘lib qolishi qayd etilganini ma’lum qilgandi. Qozog‘iston koronavirusga qarshi vaksinaning ilk sinovlariga ruxsat bergan bo‘lsa, AQShda oktabr oyi o‘rtalaridan ommaviy vaksinatsiya boshlanishi mumkin.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Ayni damda koronavirus bilan bog‘liq holatlarni onlayn kuzatib borayotgan covidvisualizer.com saytiga ko‘ra, butun dunyoda kasallikka chalinganlarning umumiy soni 31 milliondan oshdi. Shundan 962 mingdan ortiq bemor vafot etgan bo‘lsa, 22,5 milliondan ortiq bemor kasallikdan tuzalib ketdi. Ayni damda dunyoda 7,5 millionga yaqin bemor davolanmoqda.

    Belarusda nima gap?

    9-avgustda Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijasi ortidan yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy taranglik hamon davom etmoqda. Bu borada o‘tgan hafta Belarusda bir qator ko‘zga ko‘ringan hodisalar ro‘y berdi. Ular orasida eng muhimi hafta boshida mamlakat prezidentining Rossiyaga tashrifidir. 14-sentyabr kuni Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Rossiyaning Sochi shahrida bo‘ldi va u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

    Rossiya Belarusdagi saylovlar natijasini tan oladi va Aleksandr Lukashenkoni mamlakatning qonuniy prezidenti deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Lukashenko va Putin o‘rtasidagi muzokaralar yakuni bo‘yicha ma’lum qildi. “Aleksandr Grigoryevich Belarusning legitim prezidenti hisoblanadi. Saylov natijasini tan olmagan insonlar qardosh Belarus davlatining fuqarolari bo‘lib, ularning barchasini qadrlaymiz va yaxshi ko‘ramiz. Biroq Belarusda sodir bo‘layotgan barcha ishlar konstitutsiyaga xos bo‘lmagan shaklda emas, balki huquqiy maydonda bo‘lishini xohlaymiz”, deydi Peskov.

    Shuningdek, Peskovning ta’kidlashicha, Rossiya Belarus iqtisodiyotiga yordam ko‘rsatib kelgan va uni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Moskva 1,5 milliard dollar miqdoridagi kreditni Lukashenkoga emas, Belarusga bermoqda. Ma’lumot uchun, 2020-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Rossiya kreditlari Belarus tashqi qarzining 48 foizini yoki 7,92 milliard dollarni tashkil etdi. 2008-yildan beri Rossiya hukumati va Rossiyaning tashqi iqtisodiy faoliyat banki Belarusga kamida sakkizta kredit ajratgan.

    Foto: “TUT.by”

    Foto: “TUT.by”

    Avgust oyi oxirida Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan Minskka ilgari berilgan bir milliard dollarlik kreditni qayta moliyalashtirishga kelishib olganini ma’lum qildi. Sentabrda Belarus hukumati Rossiya hukumatiga 2021-yilda davlat qarzini 600 million dollar miqdorida qayta moliyalashtirish to‘g‘risida ariza yuborgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, Amerikaning Bloomberg nashri Rossiyaning Belarusdagi namoyishlardan hayratda ekanini, biroq bu Lukashenkoni yiqitishga yetarli emas deb hisoblashini ma’lum qilgan.

    Ta’kidlanishicha, Moskva Lukashenkoga ishonmaydi, biroq ko‘cha aksiyalari yo‘li bilan Belarus hukumati tepasiga muxolifatning kelishiga yo‘l qo‘yishni ham istamaydi. Shu sababli Rossiya Lukashenkoni bosqichma-bosqich hokimiyatni topshirishga da’vat etgan holda qo‘llab-quvvatlashni davom etmoqda. Rossiya Belarusdagi saylovlarni tan olgan bo‘lsa, Yevropa Ittifoqi bunday qilish istagida emas. Jumladan, Yevropa parlamenti Belarusdagi vaziyat yuzasida rezolyutsiya qabul qildi. Meduza’ning xabar berishicha, hujjatga parlament a’zolarining 574 nafari rozilik bildirdi, 37 nafari qarshi chiqdi, 82 nafari javob berishga ikkilandi.

    Shuningdek, o‘tgan haftada Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning Litva va Polsha bilan chegaralarini yopish hamda Ukraina bilan chegaralarni esa kuchaytirish haqida bayonot berdi. “Bundan keyin ular bizga nima otishini bilmaymiz. Tushunamizki, ularning zaxirasida urush boshlanishidan oldingi bir nechta usul qoldi. Men so‘nggi kunlarda Rossiya prezidenti va mudofaa vaziri bilan ittifoqchi davlatning umumiy himoyasini qurishga majburman”, deya ma’lum qildi Lukashenko.

    Avvalroq Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ittifoq davlatini mustahkamlash uchun yangi qurollar to‘g‘risida murojaat qilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Belarusda norozilik namoyishlari ham davom etmoqda. 19-sentabr kuni “Ayollar marshi” tashkil etilgan bo‘lsa, 20-sentabr kuni “Adolat marshi” bo‘lib o‘tdi. Bunday aksiyalar doimiy tus oldi va haftaning dam olish kunlari bo‘lib o‘tmoqda. 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan marshda 400 ga yaqin kishi hibsga olindi. Ular orasida yoshi katta ayollar ham bor.

    https://twitter.com/tutby/status/1307309822677856257

    20-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan marshda ham yuzdan oshiq namoyishchi hibsga olingani xabar qilindi. Marsh mahalliy vaqt bilan 14:00 da boshlandi. Namoyishchilar har doimgidek markaziy maydonlar va ko‘chalar bo‘ylab harakat qildi. Namoyishlarning eng yirigi doimgidek poytaxt Minskda bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar Aleksandr Lukashenkoning iste’fosini talab qilmoqda.

    Belarusda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda.

    Putinning “bosh og‘rig‘i” – Navalniy

    Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy muxoliflaridan biri Aleksey Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq voqealar o‘tgan haftada ham matbuot va siyosatchilarning asosiy diqqat markazida bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Hafta boshida Aleksey Navalniy o‘rnidan turishni boshlagani ma’lum bo‘ldi.

    “22-avgustdan buyon ‘Sharite’ universitet klinikasida davolanayotgan Aleksey Navalniyning holati yana yaxshilandi. Bemorni o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatidan to‘liq uzishga muvaffaq bo‘lindi. Uning harakatchanligi oshmoqda va qisqa vaqtga yotgan o‘rnidan turishi mumkin”, deyiladi klinika tomonidan e’lon qilingan xabarda.

    Germaniyalik shifokorlar 7-sentabr kuni Navalniy sun’iy komadan chiqarilgani va sun’iy nafas oldirish apparatidan bosqichma-bosqich uzilayotganini ma’lum qilgan edi. O‘ziga kelgan Aleksey Navalniy zaharlanganidan buyon ilk bor o‘zining Instagram sahifasida rasm joylashtirdi. “Salom, bu Navalniy. Sizlarni sog‘indim. Men hali ham deyarli hech narsa qilolmayapman, lekin kecha kun davomida o‘zim nafas oldim. Butunlay o‘zim. Hech qanday qo‘shimcha yordamsiz, hatto tomog‘imga o‘rnatilgan moslamadan ham foydalanmadim. Juda yoqdi. Ajoyib, ko‘pchilik yetarlicha baho bermagan jarayon. Tavsiya etaman”, deb yozgan u postida.

    Keyinroq u Instagram sahifasida o‘zining tiklanish jarayoni qanday kechayotgani haqida gapirib berdi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hozir u mustaqil ravishda suv quyolmayapti yoki telefonini qo‘liga ololmayapti, ammo yaqin vaqtgacha u gapira olmagan va hech kimni tanimagan edi. “Har kuni ertalab menga bir shifokor kelib, Aleksey, men doskani olib keldim, keling, unga qanday so‘z yozish kerakligini o‘ylaymiz, derdi. Bu meni umidsizlikka tushirardi, chunki shifokor nimani xohlashini tushungan bo‘lsam-da, so‘zlarni qayerdan olishni bilmasdim”, deydi Navalniy.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Bu orada Aleksey Navalniyga Nobel mukofotini berish haqidagi gap-so‘zlar ham chiqib qoldi. Rossiyalik olim, Nyu-Jersidagi Ratgers universiteti professori Sergey Erofeyev siyosatchi Aleksey Navalniy Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ushbu mukofot uchun Navalniy nomzodini “Rossiya bilan shug‘ullanuvchi taniqli universitetlarning bir qator professorlari ilgari surgan. Erofeyev ularning aniq kimligini aytmagan, lekin “Dojd” nashriga bergan izohda uning nomzodini ko‘rsatganlar orasida “katta odamlar” borligini qayd etgan.

    Shuningdek, o‘tgan hafta mobaynida Navalniy voqeasi Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarga qanday ta’sir qilishi haqida matbuotda bir qator tahlillar ham e’lon qilindi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa  Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon muloqoti chog‘ida fransiyalik mutaxassislar Aleksey Navalniy “Novichok” guruhiga kiruvchi asab tizimini falaj qiladigan modda bilan zaharlangani haqidagi germaniyalik mutaxassislarining xulosasini tasdiqlaganini ma’lum qildi.

    Suhbat chog‘ida Makron Navalniyga suiqasd qilingani bilan bog‘liq vaziyatga zudlik bilan oydinlik kiritishga chaqirdi. U Rossiya tomonidan ishonchli va shaffof tergov doirasida tushuntirish berishni talab qildi. Kreml tomonidan ma’lum qilinishicha, suhbat Fransiya prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirildi va “Aleksey Navalniy ishi” bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi. “Vladimir Putin ushbu vaziyat bo‘yicha Rossiya tomonining asossiz ayblanishi noo‘rinligini ta’kidladi”, deyiladi Kreml xabarida.

    G‘alati mukofotlar egalari ma’lum bo‘ldi

    AQShdagi Garvard universitetida eng bema’ni ilmiy yutuqlar va nostandart g‘oyalar uchun beriladigan Shnobel mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tashkiliy qo‘mitaning saytida mukofotni topshirish jarayoni translyatsiya qilindi. 2020-yilda tibbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Tramp, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, shuningdek, yana besh davlat rahbari taqdirlandi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “Tibbiy ta’limi sohasida mukofot butun dunyoga koronavirus pandemiyasida siyosatchilar insonlar hayoti va o‘limiga olim hamda shifokorlardan ko‘ra ko‘proq ta’sir qilishini ko‘rsatib qo‘ygan Braziliya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Meksika, Belarus, AQSh, Turkiya, Rossiya va Turkmaniston rahbarlariga topshirildi”, deydi mukofot ta’sischisi Mark Abrahams. 2020-yilda laureatlarga mukofot sifatida qayd daftari varaqlaridan yopishtirilgan kub va Zimbabvening 10 trillion mahalliy dollari banknotasining nusxasi taqdim etildi.

    Eslatib o‘tamiz, Lukashenko 2013-yilda Minsk militsiyasi bilan birga Shnobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan. O‘shanda bunga Belarusda ommaviy qarsaklar taqiqlangani va kuch tuzilmalar tomonidan ushbu taqiqni buzishda ayblanib, bir qo‘li yo‘q nogiron odamning qo‘lga olinishi sabab bo‘lgandi.

    Bizda hozircha shular. Jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalardan xabardor bo‘lishni istasangiz bizni kuzatishda davom eting.

    Jahongir Otonov tayyorladi.

    21.09.2020, 13:58   Izoh (0)   111536
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bill Geyts koronavirus pandemiyasi 2022-yilda yakunlanishini prognoz qildi

    21.09.2020, 10:14

    Tramp TikTok’ning Oracle va Walmart bilan hamkorligiga rozilik berdi

    21.09.2020, 08:13

    Yevropadagi eng katta muhojir va qochoqlar lageri yonib kulga aylandi. Aholining hozirgi hayoti — suratlarda

    21.09.2020, 07:33

    O‘zini “Novichok” asoschilaridan biri deb aytgan kimyogar Navalniydan uzr so‘radi

    20.09.2020, 23:21

    Rossiyada bir haftada 40 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi. Bu iyul oyidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich

    20.09.2020, 22:22

    “Sizlar qachon ishlashni boshlaysiz?!” Malala Yusufzay BMT a’zolariga bajarilmagan va’dalarini eslatdi

    20.09.2020, 12:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron Kubogi. “Istiqlol” “Malavan”ni mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Masharipov zaxirada qoldirildi (video)

    Sport | 30 may, 08:48

    Rossiya Eron dronlarini oltin quymasida sotib olgan — OAV

    Dunyo | 30 may, 08:47

    Land Rover o‘zining yangilangan Defender modelini taqdim etdi

    Avto | 30 may, 08:38

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 30 may, 08:22

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.