Kanadaning Toronto shahrida joylashgan General Assembly yemakxonasi dunyoda birinchi bo‘lib pitssaga obuna bo‘lish tizimini ishga tushirdi. Bu haqda Hypebeast xabar berdi.
Yemakxona ma’lum to‘lov evaziga xonadonlarga pitssaning ma’lum porsiyasini yetkazib beradi.
Bunday xizmat turi oyiga kamida 39 Kanada dollari turadi. Ushbu summa evaziga yemakxona ma’muriyati sakkiz yoki o‘n xil pitssa turi jamlanmasini taqdim etadi. Mijoz pitssani pechda 5-8 daqiqa qizdiradi va yegulik tayyor.
Muzlatilgan pitssani yetkazib berishlariga qaramay, kompaniya ma’muriyatining qayd etishicha, ularning mahsuloti istalgan supermarketda topish mumkin bo‘lgan pitssadan farq qiladi.
Mijoz oltita pitssa turidan istaganini tanlab olishi mumkin. Buning ichida klassik Margarita va veganlar uchun pitssa ham bor.
Izoh (0)