“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Bundesliga 1-turidan o‘rin olgan “Shalke-04”ga qarshi kechgan bahsda (8:0) gol urishga erishdi.
Bu polshalik futbolchi uchun “Bavariya” safida Germaniya chempionatidagi 163-gol bo‘ldi.
Shu tariqa polshalik futbolchi Karl-Hayns Rummeniggeni ortda qoldirgan holda (162 ta gol) “Bavariya”ning Bundesliga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Mazkur reytingning birinchi o‘rinida 365 ta gol bilan “Bavariya” sobiq forvardi Gerd Myuller bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)