“Bavariya” yarim himoyachisi Jamol Musiala Germaniya chempionatining 1-turi doirasida “Shalke-04”ga qarshi kechgan o‘yinda (8:0) gol urishga erishdi.
17 yosh-u 205 kunlik futbolchi Bundesligada gol urgan “Bavariya” tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.
Shuningdek, Jamol “Borussiya D” sobiq hujumchisi Kristian Pulishichni (17 yosh-u 212 kun) ortda qoldirib, Bundesliga tarixidagi eng yosh gol mualliflari orasida 5-o‘rinda qayd etildi. Futbolchi faqat Florian Virts, Nuri Shahin, Yulian Draksler va Timo Vernerdan ortda qolgan.
Bu Musiala uchun Bundesligadagi ikkinchi uchrashuv edi.
Angliyalik futbolchi 2019-yilda “Chelsi”dan Myunxen klubi safiga o‘tgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)