Sloveniyaning Sevnitsa shahri yaqinida — Melaniya Tramp tug‘ilgan shaharda AQShning birinchi xonimiga bag‘ishlab bronza haykal o‘rnatildi. Bundan oldingi yog‘och haykal yoqib yuborilgandi, deb xabar beradi Euractiv.

Foto: AFP

Vandallar yog‘och haykalni 4-iyul kuni amerikaliklar Mustaqillik kunini nishonlayotganiga javoban yoqib yuborgan. Keyinroq kulga aylangan yog‘och Koper shahridagi badiiy galereya ko‘rgazmasiga qo‘yilgan.

Yangi haykal ustida amerikalik rassom Bred Audini va sloveniyalik haykaltarosh Ales Zupevis ishlagan.

Yangi bronza haykal 2,8 metrli yog‘och kolonna ustiga o‘rnatilgan, bo‘rtib chiqqan chizgilarga ega va haykalda birinchi xonimni tanib olish qiyin. Uning yonidagi peshtaxtaga “Ushbu haykal shu yerda turgan Melaniya haykalining abadiy xotirasiga bag‘ishlanadi” deb yozilgan.

Ma’lumot uchun, Donald Trampning rafiqasi Qo‘shma Shtatlarga 1990-yillarda ko‘chib borgan. Sevnitsada u ofitsiant bo‘lib ishlagan.

Foto: AFP

Eslatib o‘tamiz, AQShning birinchi xonimining yog‘ochdan yasalgan haykali 2019-yil 5-iyul kuni Sevnitsa shahrida o‘tkazilgan ko‘rgazma doirasida taqdim etilgandi. Haykalda birinchi xonim Trampning inauguratsiyasida kiygan havorang ko‘ylakda aks ettirilgan edi.