• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalar rivojlantiriladi, ekin yerlari lazer yordamida tekislanadi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-sentabr kuni suv xo‘jaligida tejamkor texnologiyalarni joriy etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, mintaqada suv tanqisligi bilan bog‘liq vaziyat yildan yilga murakkablashib bormoqda. Oxirgi 10 yilda O‘zbekistonda suv hajmi 12 foizga, 2020-yilda esa 2019-yilgiga nisbatan 15 foizga kamaygan. Paxta va g‘alla yetishtirish uchun sarflanayotgan elektr energiyasi hamda suvni yetkazib berish xarajatlari ham ko‘p. Xususan, 2,5 million gektar maydonni sug‘orish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 8 milliard kilovatt/soat energiya va 2,4 trillion so‘m budjet mablag‘lari sarflanmoqda. Bir gektar maydonga suvni nasoslar orqali yetkazib berish uchun budjetdan o‘rtacha 800 ming so‘m xarajat qilinmoqda. Egatlab sug‘orish oqibatida yiliga qariyb 5-6 milliard kub metr yoki 20 foiz suv dalada behuda sarflanmoqda.

    Ta’kidlanishicha, bunday sharoitda suvni tejash va hisobini yuritish har doimgidan ham dolzarb masalaga aylandi. O‘tgan ikki yilda Prezident va hukumatning shu sohaga doir 11 ta qarori qabul qilindi.

    Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, bajarilgan ishlar imkoniyat darajasida emas. Masalan, shu paytgacha 285 ming gektar, ya’ni 7 foiz yerda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan. Bu borada, ayniqsa, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlarida qoloqlik bor. Furqat, Bo‘ka, Chinoz, Sardoba, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Kasbi, Qiziriq, Muzrabot tumanlarida suv tejovchi birorta ham loyiha tatbiq qilinmagan.

    Shu bois videoselektorda suv xo‘jaligidagi ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va tumanlar kesimida tanqidiy tahlil qilinib, galdagi muhim vazifalar muhokama etildi. Kelgusi yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni 600 ming gektarga yetkazish reja qilib qo‘yildi. Buning uchun davlat budjetidan zarur mablag‘ yo‘naltirish, tashabbuskorlar xarajatining bir qismini qoplash uchun subsidiya berish, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari resurslarini jalb qilib, salohiyatli fermer xo‘jaliklari va klasterlarga tijorat banklari orqali kredit ajratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Qayd etilishicha, suv tejovchi texnologiyalar qamrovi kengayishi bilan ularni ishlab chiqarishga ham talab oshadi. Biroq, mamlakatda shunga ixtisoslashgan 13 ta korxonaning quvvati kelgusi yil ehtiyojining yarmini qoplashga ham yetmaydi. Shu bois mutasaddilarga Samarqand, Toshkent va Namangan viloyatlarida suv tejovchi texnologiyalar uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, klasterlar 3 ming gektardan ziyod ekin maydonini lazer yordamida tekislash orqali suv sarfini 20-25 foiz, o‘g‘itni 15 foiz tejashga, hosildorlikni kamida 10 foizga oshirishga erishgan. Davlat rahbari bu tajribani keng qo‘llab, paxta, g‘alla va sholi maydonlarini lazer yordamida tekislash muhimligini ta’kidladi. Moliya vazirligiga ushbu texnologiyani joriy qilish uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan kamida 250 milliard so‘m kredit ajratish topshirildi.

    Joriy yilda Quyi Chirchiq, Narpay, Bulung‘ur, Sardoba, Nishon, Kasbi tumanlarida suv xo‘jaligi obyektlari xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilib, namunaviy loyiha amalga oshirilmoqda. Bu orqali mazkur inshootlar modernizatsiya qilinib, ekspluatatsiya xarajatlari anchayin qisqaradi. Yig‘ilishda bunday loyihalarni boshqa hududlarda ham joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Bildirilishicha, suv isrofiga sabab bo‘layotgan muammolardan yana biri shuki, bugungi kunda 3 mingdan ziyod suv o‘lchash postlarining atigi 2 foizi, 400 ta yirik suv obyektining 2,5 foizida boshqarish tizimi avtomatlashgan. Shu bois Suv xo‘jaligi vazirligiga yil yakunigacha 150 ta, kelgusi yildan barcha o‘lchash postlarida suvni onlayn rejimda nazorat qiluvchi avtomatlashgan tizim joriy etish vazifasi yuklatildi.

    Ta’kidlanishicha, 2020-yildan qishloq xo‘jaligi korxonalariga suv solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar bekor qilindi. Shu bilan birga, suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foizga pasaytirildi. Prezident ushbu kamaytirilgan stavkani kelgusi yilda ham saqlab qolish zarurligini ta’kidladi.

    Sug‘orish me’yorlarini hisoblash metodikasini BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) talablariga moslashtirish, suv hisoblagichlar o‘rnatgan iste’molchilarni rag‘batlantirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

    “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga kollektor suvlarida baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Namangan tajribasi asosida gidrogeologik qidiruvlarni kengaytirib, yerosti suvlaridan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

    Yig‘ilishda suv xo‘jaligi sohasida fan va ta’limni rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini barpo etish hamda rekonstruksiya qilish ishlariga ilmiy xodimlarni biriktirish muhimligi ta’kidlandi. Bu orqali fan namoyondalari obyektlarning loyihaoldi hujjatlarini tayyorlashdan ularni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan jarayonlarda qatnashib, qurilish ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatib boradi. Fan va amaliyot uyg‘unligi ta’minlanib, bu tajriba kelgusidagi loyihalar puxta ishlab chiqilishida qo‘l keladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2025-yilgacha 1 mln gektar ekin maydonida suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi

    16.09.2020, 19:35   Izoh (0)   19591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlariga isitmasi balandligi sababli kiritilmagan abituriyentlar uchun o‘tkaziladigan test sinovlari vaqti e’lon qilindi

    16.09.2020, 18:58

    Shavkat Mirziyoyev Yosixide Sugani Yaponiya bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi

    16.09.2020, 18:42

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 17-sentabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    16.09.2020, 18:34

    “Bu tashkilot O‘zbekiston mustaqilligiga ta’sir o‘tkazmaydi”. Tashqi mehnat migratsiyasi — Rossiya IIVning O‘zbekistonda ochiladigan pasport-viza xizmati vakolatxo...

    16.09.2020, 17:48

    O‘zbekistonda yosh bolalar orasida koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi haqidagi gaplar haqiqatdan yiroqligi ma’lum qilindi

    16.09.2020, 17:12

    Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga rahbar va o‘rinbosarlar tayinlandi

    16.09.2020, 16:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.