Madridning “Real” jamoasi 15-sentabr, seshanba kuni “Xetafe”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
“Alfredo di Stefano” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda “qaymoqranglilar” 6:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Marca nashrining xabar qilishicha, uchrashuv yopiq tizimda o‘tkazilgan. “Real” hujumchisi Karim Benzema uchrashuvda poker qayd etgan bo‘lsa, jamoa sardori Serxio Ramos va yoshlar tarkibi vakili Serxio Arribasa bittadan gol muallifiga aylandi.
Bu Zinedin Zidan jamoasi uchun La Liga 2020/21-yilgi mavsumi oldidan so‘nggi nazorat uchrashuvi bo‘ldi. Jamoa 20-sentabr kuni “Real Sosyedad”ga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” 2019/20-yilgi mavsumda Ispaniya chempioniga aylangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)