“Yuventus”ning 2019/20-yilgi mavsumdagi moliyaviy faoliyati natijalari ma’lum bo‘ldi.
ANSA ma’lumotlariga ko‘ra, 2019/20 yilgi mavsum yakunlariga Turin klubi 71,4 million yevro miqdorida zarar ko‘rgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (39,9 million yevro) 31,5 millionga ko‘pdir.
Tashkilotning operatsion daromadi 62,8 million yevroga kamaygan va sof moliyaviy qarz esa 385,2 million yevroni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, klub faoliyatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan omillardan biri koronavirus pandemiyasi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” o‘tgan mavsumda A Seriya g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Chempionlar Ligasida esa jamoa 1/8 final bosqichiga qadar yetib bordi.
Mavzuga doir:“Yuventus” Andrea Pirlo boshqaruvidagi ilk o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi. Ronaldudan gol
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)