Tezpishar, hamyonbop hamda ma’zali taomni tayyorlashni istaganlar uchun quyidagi retsept juda qo‘l keladi.

Foto: “Yeda.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • Kartoshka – 6 dona;
  • Qaymoq 30 foizli – 250 ml;
  • Sarimsoq – 1 bo‘lak;
  • Sariyog‘ – 30 gr;
  • Muskat yong‘og‘i bir chimdim;
  • Pishloq, tuz va ziravorlar ta’bga ko‘ra.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovaga sariyog‘, ortidan maydalangan sarimsoq solib, qovuriladi.
  2. Kartoshka yupqa parrak holda to‘g‘ralib, ziravorlar sepiladi va qolipga terib chiqiladi.
  3. Ustidan qaymoq quyiladi.
  4. Ustidan sarimsoqli aralashma va muskat yong‘og‘i solinadi.
  5. Pechga 200 darajada pishguniga qadar qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!