Rulet ichida pishloq va ko‘katdan iborat “nachinka”li taom yunonlarning an’anaviy yeguligi sanaladi.
Kerakli mahsulotlar:
- Sariyog‘ – 80 gr;
- Feta pishlog‘i– 250 gr;
- Petrushka – ½ qism;
- Kinza – ½ qism;
- Tuxum – 1 dona;
- Lavash xamiri – 10 ta varaq;
- Zaytun yog‘i – 2 osh qoshiq.
- Sariyog‘ eritilib, feta pishlog‘i, to‘g‘ralgan ko‘katlar va tuxum bilan aralashtiriladi.
- Xamir “varaq”lari ustma-ust qo‘yilib, teng yarmidan kesib, 20 ta to‘rtburchak hosil qilinadi.
- Ortib qolgan sariyog‘ xamir yuzasiga surtiladi va ko‘katli “nachinka”dan joylashtirilib, rulet shaklida o‘raladi. Barcha rulet shu tarzda takrorlanadi.
- Tovada zaytun yog‘i qiziganidan so‘ng ruletchalar 2-3 daqiqa davomida qizarib qarsildoq bo‘lguncha qovuriladi.
- Ruletlar tayyor bo‘lganidan so‘ng yog‘ini shimdirib olishi uchun qog‘oz sochiqqa qo‘yiladi.
- Yegulik sous bilan birgalikda dasturxonga tortiladi.
Izoh (0)