• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda IIB xodimi shifokorni kaltaklagani aytilmoqda. Bosh prokuratura va viloyat IIB vaziyatga munosabat bildirdi

    Andijon viloyati Andijon tumanida shifokor va fuqaro o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturida xabar berilishicha, shifokorni Ichki ishlar xodimi kaltaklagan. Lekin Bosh prokuratura va Andijon viloyati IIB esa shifokor bilan mushtlashgan shaxs IIB xodimi emas, balki tuman IIB tezkor vakili vazifasida ishlovchi shaxsning akasi ekani ma’lum qilingan.

    Kadr: Telegram / “Zamon”

    Kadr: Telegram / “Zamon”

    “Sevimli” kanalining hodisa bo‘yicha axboroti

    Telekanalning “Zamon” axborot dasturida ma’lum qilinishicha, Andijon tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 3-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida shifokor Y.O. va Ichki ishlar xodimi deb aytilayotgan fuqaro G‘.M. bilan mushtlashuv sodir bo‘lgan. Dastur muxbiring ta’kidlashicha, shifokorni kaltaklagan shaxs o‘zini IIB xodim sifatida tanishtirgan.

    Voqeaga guvoh bo‘lgan shifokor holatni quyidagicha bayon qiladi.

    “Xonam ochiq edi. Bir payt ‘Kim bu?’, deb baqirib qoldi. Keyin chiqib ‘O‘t qo‘yib yuborish kerak bu yerga, xodimlari bilan o‘t qo‘yib yuborish kerak. Men Ichki ishlarda ishlayman, bilasizlarmi men hazilakam odam emasman, kuydirvoraman, yondirvoraman deb’, baqirdi.

    Bir payt ‘uchaskavoy’ keldi. U ham kelishi bilanoq shifokorga baqirib ketdi. Ichki ishlarda ishlagan tanishi ekanmi, bilmadik.

    Biz ham iloji boricha shu xalqning xizmatini qilishga harakat qilyapmiz”, deydi guvoh.

    Voqea ishtirokchisi, shifokor Y.O. ham voqea haqida gapirib berdi.

    “Ko‘rigimga kirgan ayol ‘Menga eshikni yopib qo‘y, deb baqirgan bola shu bo‘ladi’ dedi. Keyin (IIB xodimi) ‘Yur, sen bilan gaplashamiz’, deb xonaga olib kirdi. Ichkarida o‘zaro kelisha olmay qoldik. Biroz nazoratdan chiqib ketib qoldik.

    Hozir mening umumiy ahvolim yaxshi, tan jarohat olmaganman. Ikkinchi tomon bilan ham o‘zaro kelishib olganmiz. Shikoyatlarim yo‘q”, – deydi shifokor.

    Bosh prokuratura munosabati

    Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, 2020-yil 29-avgust kuni soat 17:30 larda Andijon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 3-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida yuz bergan. Shu kuni navbatchilik qilayotgan umumiy amaliyot shifokori Y.O. Andijon tumani “Kengash” MFYda yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan G‘.M.ning uch yashar jiyanini koronavirus pandemiyasi bilan gumon qilingan shaxslarni joylashtiruvchi izolyatsiya xonasida qabul qilmoqchi bo‘ladi. Bundan jahli chiqqan G‘.M. navbatchi shifokor Y.O. bilan o‘zaro janjallashib ketadi va uni urib, tan jarohati yetkazadi.

    Mazkur holat bo‘yicha olib borilayotgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida G‘.M. va shifokor Y.O. o‘zaro yarashib olishganligini, bir-biriga nisbatan hech qanday da’vo yoki e’tirozi yo‘qligini bildirib, sud-tibbiy ekspertizadan o‘tishdan bosh tortishadi. Shundan kelib chiqib, tergovga qadar tekshiruvni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

    To‘plangan hujjatlar nazorat tartibida o‘rganilganida profilaktika inspektori surishtiruv harakatlarini bir tomonlama olib borganligi, holatga guvoh bo‘lgan qo‘shimcha shaxslarni aniqlamaganligi, ijtimoy tarmoqlarda aks etgan holatlarini ish hujjatlariga qo‘shmaganligi va boshqa surishtiruv harakatlarini olib bormasdan shoshma-shosharlik bilan hech qanday protsessual ahamiyatga ega bo‘lmagan qaror qabul qilganligini aniqlangan.

    Shunga ko‘ra, mazkur qaror 13-sentabr kuni Andijon tuman prokurori tomonidan bekor qilinib, tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori F.I.ga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

    Bosh prokuratura matbuot xizmati “Xabar.uz” muxbirining “Zo‘ravon rostan ham IIB xodimimi?” degan savoliga quyidagicha aniqlik kiritdi: Janjallashgan fuqaro G‘.M. uning ukasi Sh.M. tuman IIB tezkor vakili vazifasida ishlaydi. Hozircha u shifoxonaga akasi va shifokor o‘rtasida janjal bo‘lib o‘tganidan so‘ng yetib borgani ma’lum.

    Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Andijon viloyati IIBning holatga izohi

    Anidjon viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yuqoridagi voqea yuzasidan Andijon tumani IIBga 2020-yil 29-avgust kuni soat 13:30 larda xabar kelib tushgan.

    “Holat o‘rganilganda, aniqlanishicha, mazkur poliklinika umumiy amaliyot shifokori fuqaro O.Y. shu kuni ish faoliyatini olib borayotgan vaqtida, Andijon tumani “Kengash” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.G‘. jiyani M.A.ning sog‘lig‘i yomonlashganligi uchun uni tibbiy ko‘rikka olib kelgan, so‘ngra haqiqatan navbat talashib, fuqaro va shifokor o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik va janjal kelib chiqqan. Shifokorning tushuntirishiga ko‘ra mazkur holat yuzasidan unda hech kimga nisbatan da’vosi yo‘q, kelishmovchilik oqibatida tan jarohati olmagan.

    O‘z navbatida, ikkinchi tomon M.G‘. ham ikki tomonlama janjal o‘zaro tushunmovchilik natijasida kelib chiqqanligini, shifokordan kechirim so‘rab, tartibsizlik qilganidan pushaymon ekanligini, hozirda shifokorga nisbatan e’tirozi yo‘qligini, tan jarohati olmaganligini bayon qilgan.

    Tomonlar va guvohlarning ko‘rsatmalari hamda ish bo‘yicha to‘plangan materiallar huquqiy baholanib, ichki ishlar organlari tomonidan  jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

    Ichki ishlar organlari xodimlari mazkur kelishmovchilikda ishtirok etishmagan”, deyiladi IIB xabarida.

    Shu bilan birga, viloyat IIB axborot tarqatuvchi televizion kanallar va ayrim ijtimoiy tarmoqlardan, jamoatchilikka e’lon qilinayotgan ma’lumotlarni tekshirib, xolisligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng aholiga yetkazishlarini so‘ragan.

    “Tekshirilmagan va yolg‘on axborotni, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan ma’lumotlarni tarqatish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqarishini unutmasliklarini so‘rab qolamiz”, – deya xabarni yakunlangan IIB.

    Bu yagona holat emas

    So‘nggi bir yil davomida 10 ga yaqin yuqoridagi vaziyatga o‘xshash shifokorlarni kaltaklanishi va ularga tajovuz o‘tkazilishi holatlari kuzatildi.

    Xususan, bunday holatlar Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida qayd etilgan.

    Bular ichidan Sirdaryoda yuz bergan voqea yuzasidan SSV munosabat bildirib, Bosh prokuraturadan shifokorni kaltaklagan shaxslarga qattiq jazo tayinlanishini so‘ragan.  Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi ochgan.

    Shuningdek, SSV Jizzaxda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan ham izoh bildirgan. Unda kaltaklangan shifokor tibbiy nazoratda ekani, vazirlik holat yuzasidan tuman IIBga xabar bergani va jarayon nazoratda ekanini ma’lum qilgan.

    Shu bilan birga 2019-yil avgust oyida Qo‘shrabotda shifokorni bemorning yaqinlari kaltaklangan edi. Bu holat yuzasidan kaltaklangan shifokor quyidagicha fikr bildirgan.

    “Xuddi shunday internet saytlarda ichki ishlar idorasi xodimiga bir tarsaki urgan qonunbuzarlar zudlik bilan ushlab keltirilib, darhol qamoqqa olinganligi va keyinchalik ular ozodlikdan mahrum etish jazosiga tortilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham tez-tez o‘qib turibmiz.

    Lekin ichki ishlar xodimlarining biz vrachlarga nisbatan sodir etilgan tajovuzlarga bo‘lgan bunday munosabati, sudning esa vrachlarga mushtumzo‘rlik qiladiganlarga judayam yengil jazo tayinlab kelishi tibbiyot xodimlarida chuqur taajjub uyg‘otmoqda.

    Axir biz ham ichki ishlar idorasi xodimiga o‘xshab xalqning xizmatini qilayapmiz-ku. Bizning aybimiz nimada? Tibbiyot xodimlari bilan bog‘liq vaziyatlarda nega bunday sustkashlikka yo‘l qo‘yilishi kerak?”, –degandi jabrlanuvchi, tibbiyot xodimi Otabek Sirliboyev.

    Qo‘shrabotdagi voqea yuzasidan berilgan bayonotda SSV shifokorlarga tajovuz qilinishi yoki tan jarohati yetkazilishidan iborat qilmishlar uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish tashabbusini muntazam ilgari surib kelayotganini ta’kidlagan.

    Shundan so‘ng, 2019-yilning oktabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Yoqubov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi 198-4-modda kiritish taklif etilganini, moddaning nomi “Tibbiyot xodimining kasbiy majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish yoki uning hayoti yoxud sog‘lig‘iga tajovuz qilish” deya belgilanganini ma’lum qilgandi.

    “Bu normaning qonunga kiritilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarni javobgarlikka tortish emas, balki shunday noqonuniy harakatlar uchun jazo chorasi borligini eslatishdir. Eng ustuvor maqsad esa salbiy holatlarning profilaktikasidir. Bunday chorani qonunga kiritish, uni keng targ‘ib etish orqali qonunning tarbiyaviy ahamiyati ortadi”, – degan edi deputat.

    14.09.2020, 15:20   Izoh (0)   67883
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘iston va Xorazmda FVVning ikki xodimi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi

    14.09.2020, 14:47

    O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan havo salqinlashishni boshlaydi

    14.09.2020, 14:36

    Gruziyada xakerlik qilib, 3000 dollarga yaqin pulni o‘zlashtirgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

    14.09.2020, 13:59

    O‘zbekistonda Yoshlar ishlari agentligining qarorlari barcha uchun bajarilishi majburiy etib belgilandi

    14.09.2020, 13:35

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    14.09.2020, 12:58

    Surxondaryoda 50 gektarga yaqin joyda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    14.09.2020, 12:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Biz urushda g‘alaba qozondik, lekin tinchlikni xohlaymiz” — Pokiston bosh vaziri

    Dunyo | 17 may, 10:13

    Barcha davrlarning eng yaxshi saundtreklari: afsonaviy qo‘shiqlar va nostalgiya hissini uyg‘otuvchi kuylar

    Musiqa | 17 may, 10:00

    Navoiyda 2 mlrd so‘mlik oltinni talon-toroj qilmoqchi bo‘lgan zavod xodimlari qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:48

    O‘zbekiston 2025—2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:09

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.