• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qo‘shrabotda shifokor bemorning yaqinlari tomonidan sababsiz haqoratlanib, kaltaklandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan shifokorni bemorning yaqinlari kaltaklaganligi holatlari aks etgan materiallar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganildi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    O‘rganishlarda voqea joriy yilning 7-avgust kuni Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasining qabul bo‘limida ro‘y berganligi ma’lum bo‘ldi.

    Aniqlanishicha, shu kuni kech soat 17:40 lar atrofida tuman markaziy shifoxonasining qabul bo‘limiga 1973-yilda tug‘ilgan M.S. shu tumanda yashovchi Bekzod va Mirolim ismli shaxslar tomonidan olib kelingan. Navbatchilikni o‘tayotgan terapevt shifokor Otabek Sirliboyev bemorga zudlik bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida nosilkani ko‘tarishda qatnashadi va bemorni olib kelgan ikki erkakning tibbiyot xodimlariga nisbatan aytilgan haqoratli so‘zlarini eshitadi.

    “Avvaliga ular barcha tibbiyot xodimlarini haqoratlashdi. ‘Yordam ko‘rsatyapmiz-ku, nimaga bunaqa haqoratlayapsiz vrachlarni’ deganimdan so‘ng mening shaxsiyatimga teguvchi so‘zlar bilan yanada qattiqroq haqoratlab, meni ikkalasi bir vaqtning o‘zida baravariga urib-tepib ketishdi. O‘sha vaziyatda ular mast holatda edi. Men nima uchun haqorat eshitganligimni, nima sababdan tayoq yeganligimni umuman tushunmadim. Shu kuni IIB bo‘limiga xabar berildi, ular kelib mendan tushuntirish xati olib ketishdi, xolos. Oradan deyarli olti kun o‘tib, voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandan keyingina, jarohatlarim bitay deganda IIB xodimlari kelib, meni sud-tibbiy ekspertizadan o‘tish uchun yuborishdi”, — deydi terapevt Otabek Sirliboyev.

    “Oxirgi bir oy ichida ijtimoiy tarmoqlarda Yo‘l-patrul xizmati xodimlaridan qochib ketgan bir qancha haydovchilar aks etgan videosi tarqalib ketdi. Ushbu holatlarning barchasida sho‘xlik qilib qochib ketgan haydovchilar zudlik bilan topilib, Internet tarmoqlari orqali ular va ularning yaqin qarindoshlari YPX xodimlaridan kechirim so‘rattirilib, 15 sutka qamoq jazosiga tortilganligining guvohi bo‘ldik.

    Xuddi shunday internet saytlarda ichki ishlar idorasi xodimiga bir tarsaki urgan qonunbuzarlar zudlik bilan ushlab keltirilib, darhol qamoqqa olinganligi va keyinchalik ular ozodlikdan mahrum etish jazosiga tortilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham tez-tez o‘qib turibmiz. Lekin ichki ishlar xodimlarining biz vrachlarga nisbatan sodir etilgan tajovuzlarga bo‘lgan bunday munosabati, sudning esa vrachlarga mushtumzo‘rlik qiladiganlarga judayam yengil jazo tayinlab kelishi tibbiyot xodimlarida chuqur taajjub uyg‘otmoqda. Axir biz ham ichki ishlar idorasi xodimiga o‘xshab xalqning xizmatini qilayapmiz-ku. Bizning aybimiz nimada? Tibbiyot xodimlari bilan bog‘liq vaziyatlarda nega bunday sustkashlikka yo‘l qo‘yilishi kerak?”, — deya so‘zida davom etadi Otabek Sirliboyev.

    Voqea sodir bo‘lgandan so‘ng jabrlanuvchi Otabek Sirliboyevga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, dastlab markaziy shifoxonaning shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Ayni paytda u boshi va ko‘z qismi jarohati bilan davolanishni davom ettirmoqda. Ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Bemorning ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida.

    “Ma’lumot o‘rnida shuni qayd etib o‘tish lozimki, yuqoridagi kabi shifokorlarni haqoratlab, ularga tajovuz qilish holatlari joriy yilning o‘tgan davri mobaynida, birgina Qo‘shrabot tumanida to‘rt marta kuzatildi. Mamlakatimiz bo‘yicha olganda esa bu raqamlar juda katta va ayanchli ahvolda”, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining yetakchi yuriskonsulti Sanobar Yusupova.

    “Sog‘liqni saqlash vaziri shifokorlarning haq-huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida o‘z xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga bemor va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi yoki ularga tan jarohati yetkazilishidan iborat qilmishlar uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish tashabbusini muntazam ilgari surib kelmoqda. Har qanday holatda ham vazirlik tibbiyot xodimlarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, ularni turli noqonuniy xatti-harakatlardan asrash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida tegishli choralarni qat’iy ko‘rib boradi”, — deyiladi xabarda.

    13.08.2019, 19:38   Izoh (0)   28795
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chilonzorda yashash joyini himoya qilib, qurilish kompaniyasi vakili bilan janjallashgan ayol hushdan ketdi (foto va video)  

    13.08.2019, 18:56

    Tashqi ishlar vazirligi Sankt-Peterburgda zo‘rlangan o‘zbekistonlik ayol haqida ma’lumot berdi

    13.08.2019, 18:21

    O‘zbekistonda yana 20 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi

    13.08.2019, 18:02

    O‘zbekistondagi 4 ta aeroportda “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi 

    13.08.2019, 17:51

    Rossiyaliklar eng ko‘p parvozni O‘zbekistonga amalga oshirishi ma’lum bo‘ldi

    13.08.2019, 17:29

    Mirishkor tuman hokimligi 41 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga nogironlik aravachasi topshirdi

    13.08.2019, 16:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.