Surxondaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaliklarining birida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. FVV matbuot xizmati mazkur yong‘in tasvirlangan videorolik bilan bo‘lishdi.
Yong‘in 12-sentabr kuni Sherobod tumanidagi “Qiziriq” o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan “Gurimbuloq” tog‘ maskanida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in quruq o‘t-o‘lan bilan qoplangan 50 gektarga yaqin joyni egallab olgan.
“Ofatga qarshi kurashga Surxondaryo viloyatining bir necha maxsus texnikasi hamda o‘nlab shaxsiy tarkibi safarbar qilindi. Shuningdek, yong‘inni bartaraf qilishda FVDTga kiruvchi boshqa xizmatlar xodimlari ham yaqindan ko‘maklashdi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Sherobod tumanining shimoli-g‘arbiy hududida joylashgan “Surxon” davlat qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgan, keyinchalik Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti yong‘inni o‘chirishga 2 ta vertolyot jalb etilganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)