“Surxon” klubi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Coca-Cola Superliga 14-turi doirasida “Bunyodkor”ga qarshi kechgan o‘yindagi (0:1) mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Qiyin o‘yin o‘tkazdik. Tarkibdagi muammolar jamoamizni bu o‘yinda ham ta’qib qildi. Afsuski, uch futbolchimiz maydonga tusha olmadi. Shunga qaramay birinchi bo‘limda yomon o‘ynamadik, qarshi hujumda harakat qildik. Ikkinchi bo‘lim boshida o‘z xatolarimiz tufayli ikkita tezkor gol o‘tkazib yubordik. Shundan keyingina o‘zimizga keldik va gol urib raqibga bosim uyushtirdik. Ikkinchi bo‘limda 20—30 daqiqa davomida jamoamiz yomon o‘ynamadi. Afsuski, mag‘lub bo‘ldik. Tarkibdagi jarohat olgan va kasallarni tuzatishga harakat qilamiz.“Surxon” 14-turdan so‘ng 8 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Qizilqum” bilan o‘ynaydi.Ikkita gol o‘tkazgach yo‘qotadigan narsamiz qolmagandi, shu bois yigitlar oldinga o‘tib hujumkorlikni oshirdi. Aksiga olib Kasyan jarohat oldi va uni almashtirishga majbur bo‘ldik.
Maydonga tushgan yoshlar yomon o‘ynamadi, shijoatlari sezilib turibdi. Mana shu shijoat evaziga ham raqibni o‘z jarima maydoni yoniga “qamab” qo‘ydik. Himoyadagi qo‘pol xatolarni tahlil qilish kerak. Yosh bolalarcha xato qildik.
Ravshan Haydarov, “Surxon” bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)