O‘zbekistonda 7-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da zilzila yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.
Zilzila Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da sodir bo‘ldi. Zilzila 30 kilometr chuqurlikda yuz bergan, uning epimarkazidagi kuchi 3,8 ballni tashkil qilgan. Zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 305 kilometr janubi-g‘arbiy yo‘nalishda joylashgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida uchta shahrida sezilgan:
- Samarqand shahri — 2 ball, zilzila markazigacha bo‘lgan masofa 132 kilometr.
- Buxoro — 2 ball, zilzila markazigacha bo‘lgan masofa 135 kilometr.
- Navoiy — 3 ball, zilzila markazigacha bo‘lgan masofa 50 kilometr.
Izoh (0)