Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush UEFA Millatlar Ligasidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi o‘yinni (4:1) o‘tkazib yuborgan Krishtianu Ronalduning holati haqida gapirdi.
U allaqachon mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan, o‘zini yaxshi his qilmoqda. U Shvetsiyaga boradi. Ronalduda jarohati yo‘q. U infeksiyadan keyin tiklanib olishi kerak, xolos.Qayd etish joiz, Ronaldu Xorvatiyaga qarshi o‘yinni oyog‘idan ari chaqib olgani tufayli o‘tkazib yuborgandi.Fernandu Santush, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Shvetsiya — Portugaliya uchrashuvi 8-sentabr sanasiga belgilangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)