Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, davlat rahbari O‘zbekiston mustaqilligining yigirma to‘qqiz yillik bayrami munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Shuningdek, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan e’tiboran ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi taqiqlangan edi. 29-avgust kuni Respublika maxsus komissiyasi mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi va Mustaqillik bayramini ham ko‘proq oila davrasida nishonlashni tashkil etish maqsadga muvofiq, degan qarorga kelinganini ma’lum qildi. Shu kuni Toshkent shahri va viloyatlar markazida mushakbozliklar cheklanadi.
Izoh (0)