Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

“Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, xususan, koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash ishiga o‘zining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shgani, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, muqaddas shifokorlik burchini vijdonan ado etishdagi jasorati va fidoyiligi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin”, — deyiladi farmonda.

Farmonga muvofiq, tibbiyot sohasi vakillari quyidagi faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni

  • Abdullayev Murod Bobojonovich - Olot tumani tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Buxoro viloyati;
  • Isoqulov To‘lqin O‘rolovich - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Harbiy-tibbiy boshqarmasi boshlig‘i;
  • Kariyev G‘ayrat Maratovich - Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori;
  • Navro‘zov Mahmadali - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining bolalar xirurgiyasi bo‘limi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati;
  • Rahimqulov Xudoyqul Hakimovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali boshlig‘i;
  • Sotvoldiyeva Mahbuba Nasirdinovna - Farg‘ona tumanidagi “Shohimardonobod” qishloq vrachlik punki mudiri, Farg‘ona viloyati;
  • Inoyatova Flora Ilyasovna - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari;
  • Ergashova Muxtasarxon Yo‘ldoshevna - Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Andijon viloyati;
  • Sagirov Anvar Midxatovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali direktori.

“El-yurt hurmati” ordeni

  • Hojiboyev Abduhakim - O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari.

“Mehnat shuhrati” ordeni

  • Jumayev Baxtiyor Shernovich - Angor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi infeksionisti, Surxondaryo viloyati.

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni

  • Beknazarov Jumanazar Beknazarovich - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining urologiya bo‘limi professori;
  • Rahmatullayev Mahmud - Karmana tumanidagi 1-qishloq vrachlik punkti mudiri, Navoiy viloyati;
  • To‘rayev Namoz Abdusamatovich - Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘rinbosari.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni

  • Boboyeva Zamira Qayumovna - Navoiy viloyati bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi;
  • Karimova Rahbar Nurmatovna - Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi pediatr shifokori;
  • Mahmudova Mahbuba Omonovna - Shayxontohur tumanidagi 40-oilaviy poliklinikasining bolalar nevropatologi, Toshkent shahri;
  • Salomov Ulug‘bek Inoyatovich - Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi mudiri;
  • Xolboyeva Tursun Omondullayevna - Sirdaryo viloyati Bolalar uyi bosh shifokori.

“Do‘stlik” ordeni

  • Agranovskiy Mark Leyzerovich - Andijon davlat tibbiyot instituti psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri;
  • Ahmediyev Mahmud Mansurovich - Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar bo‘limi mudiri;
  • Karimjonova Vazira Xolmatovna - Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinik biokimyo diagnostika laboratoriyasi mudiri.

I darajali “Salomatlik” ordeni

  • Abdujabbarov Xolmo‘min - G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi infeksionisti, Jizzax viloyati;
  • Abdurazzoqov Alijon G‘aniyevich - Uchko‘prik tumanidagi “Mehrigiyo” xususiy korxonasi agronomi, Farg‘ona viloyati;
  • Abdurayimov Bahodir Tursunovich - “Chortoq resort” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati;
  • Abdurahmonov Komil Hamroqulovich - Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bo‘lim mudiri;
  • Borisova Yelena Mixaylovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi;
  • Jiyanbayev Otabek Eshdavlatovich - Chilonzor tumanidagi “Magnum Medikal Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri;
  • Mamarahimov Habibulla Muxtorovich - Izboskan tumanidagi “Doktor Habibullo shifo nur” xususiy shifoxonasi bosh shifokori, Andijon viloyati;
  • Muhiddinova Minnigul Asqarovna - Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokorining birinchi o‘rinbosari;
  • Nazirov Feruz G‘afurovich - “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat unitar korxonasi direktori;
  • Obidov Qobuljon Orifovich - Marhamat tumanidagi “Orifjon shifo maskani” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati;
  • Ro‘zimuhamedov Nurulla Sunnatullayevich - Olmazor tumanidagi “New Life Medical” xorijiy korxonasi ta’sischisi, Toshkent shahri;
  • Sirojiddinov Komiljon Bobojonovich - Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati;
  • Ubaydullayev O‘rozboq - Jizzax viloyatidagi “Istiqlol” bolalar oromgohi direktori;
  • Usmonov Hoshim Hamidovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali boshlig‘i.

II darajali “Salomatlik” ordeni

  • Abdullayev Omondulla Ubaydovich - Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi anesteziolog-reanimatologi;
  • Abdullayeva Shohista Ergashevna - Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi epidemiologik monitoring va profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘limi mudiri;
  • Abduxalilova Gulnora Qudratullayevna - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti loyiha rahbari;
  • Akbarova Farida Shorahimovna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi “Bo‘ston sanatoriysi” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati;
  • Allanazarov Sayfulla Suyarqulovich - Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi infeksionisti;
  • Bo‘tayeva Dilbarxon Ahmadovna - Mingbuloq tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Namangan viloyati;
  • Dolimova Dilbar Akbarovna - O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining biotexnologiya laboratoriyasi mudiri;
  • Dushamova Mehribon Shavratovna - Xorazm viloyati endokrinologiya dispanseri bosh shifokori;
  • Jalilov Adham Qahramonovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali kardioxirurgiya bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati;
  • Ismoilova Gulnora Ahmedovna - Samarqand shahridagi “Dardgir-shifo” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati;
  • Ismoilova Adolat Abdurahimovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti laboratoriya mudiri;
  • Qobilova Shahodat Bobomurodovna - Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Qalandarova Lola Nurullayevna - Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi direktori;
  • Karimova Nargiz Quddusovna - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo‘limi bosh shifokori;
  • Madaminov Ma’rifjon - Respublika o‘lat profilaktikasi markazi vabo epidemiologiyasi va bakteriologiyasi laboratoriyasi mudiri;
  • Mamadiyorov Abdibullo Meyliyevich - Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokorining o‘rinbosari;
  • Meyliyev Qahramon Ergashovich - Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi Jeynov shifoxonasi bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati;
  • Mirones Olga Artemovna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri;
  • Nurullayev Qurbonnazar Aminovich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jazoni ijro etish koloniyasi davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish xizmati bosh shifokori;
  • Oltiyev Usmon Bebitovich - Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri;
  • Pirnazarov Ma’ruf Mahmudjonovich - Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bo‘lim boshlig‘i;
  • Sultonova Muhabbat Muydinovna - Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori;
  • To‘rayev Ahmad Musurovich - Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati;
  • Ubaydullayev Vahobiddin Hoshimovich - Farg‘ona viloyati perinatal markazi reanimatsiya bo‘limi mudiri;
  • Umarov Shuhrat Jumadullayevich - Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi laboratoriya mudiri;
  • Xo‘jayev Bozor Ozodovich - Shahrisabz tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatolog shifokori, Qashqadaryo viloyati;
  • Hojimuhamedova Ra’no Abdullayevna - Olmazor tumanidagi “G‘uncha Med servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri;
  • Xudoyberganov Ramatillo Karimovich - Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Xorazm viloyati;
  • Sharipov Ravshan Ollayorovich - Toshkent tibbiyot akademiyasining anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi;
  • Yuldoshev Abduvohid Abdurashidovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori;
  • Yuldoshev Safarboy Rajabovich - Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Xorazm viloyati.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali

  • Rizayev Kamol Saidakbarovich - Toshkent davlat farmatsevtika instituti rektori.

“Sog‘lom turmush” medali

  • Abdurahmonov Abubakir Ahmedovich - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bosh sanitariya shifokori;
  • Arabova Salima Bozorovna - Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasi diagnostika bo‘limi ultratovush tekshiruvi shifokori, Surxondaryo viloyati;
  • Bayburina Go‘zal Salavatovna - Markaziy harbiy klinik gospitali anesteziologiya va reanimatsiya bo‘linmasi feldsher-katta tibbiyot hamshirasi;
  • Bayzaxova Raya Kosshigulovna - Tomdi tumanidagi “Keregetau” qishloq vrachlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati;
  • Dilov Elbek Shukrulloyevich - Buxoro viloyati narkologiya dispanseri reabilitatsiya bo‘limi narkolog-shifokori;
  • Ibodullayeva Nargiz Sapiyevna - Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi;
  • Ismatova Ra’no Ahadovna - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi direktori;
  • Karimberdiyev Bahriddin Ismatillayevich - Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi bosh shifokorining jarrohlik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Mamadaliyev Jo‘raqul - Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi Qarshi harbiy gospitali jarrohlik bo‘linmasi vrachi;
  • Pirova Feruza Boltayevna - Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri;
  • Rahmonova Go‘zalxon Sadbarovna - Namangan shahri Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi sanitariya-bakteriologiya bo‘limi laboranti, Namangan viloyati;
  • Tojiboyev Farhodjon Mahmudovich - Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Andijon viloyati;
  • Esamuratov Ravshanbek Ibragimovich - Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi shifokori;
  • Eshonqulova Hilola Abdusalomovna - Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi sun’iy buyrak bo‘limi katta tibbiy hamshirasi;
  • Yarmuhamedova Nargiza Anvarovna - Samarqand davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri.

“Kelajak bunyodkori” medali

  • Saidazimov Firuz Shoazimovich - O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi (volontyor);
  • Safarova Kamola Hamroyevna - Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi (volontyor).

“Jasorat” medali

  • Ne’matov Odiljon Nizomiddinovich (marhum) - Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining o‘pka sili jarrohligi bo‘limi mudiri;
  • Rustamov Farrux Farhodovich (marhum) - Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi;
  • Sharipova Venera Vasilyevna (marhum) - Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bosh hamshirasi, Toshkent shahri;
  • Shukrullayev Bahrom Karomovich (marhum) - Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika shifokori, Toshkent shahri.

“Shuhrat” medali

  • Barotova Kamola Uzoqovna - Romitan tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Buxoro viloyati;
  • Dehqonova Shahnoza Zoirovna - Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi laboranti;
  • Isroilov Jahongirxon Jamshidxonovich - Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro fakulteti dekani;
  • Mardonova Sohiba Mamarahimovna - Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi hamshirasi;
  • Sagdullayev Abdullo Narzullayevich - Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi epidemiolog shifokori;
  • Suvonqulov O‘ktamjon Toirovich - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori;
  • Xayriddinova Nasibaxon No‘monovna - Andijon viloyati “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar internat uyi hamshirasi;
  • Xolmurodov O‘rozmurod Qarshiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari epidemiologiya bo‘linmasi boshlig‘i;
  • Xudoyqulova Gulnora Karimovna - Toshkent tibbiyot akademiyasining bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi dotsenti;
  • Sharipov Azamat Bahodirovich - Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi bo‘lim mudiri.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashdagi fidoyiligi uchun bir qator soha xodimlari iyul oyida mukofotlangandi.