• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “‘Mard o‘g‘lon’ davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni va “‘Mehr-saxovat’ ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

    O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

    “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari tantanali vaziyatda topshiriladi. Moliya vazirligi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlaydi.

    Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasining jonkuyar vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

    Vazirlar Mahkamasi “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa respublika tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.

    “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:

    • Otabek Rahimboyev — Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
    • Pamir Serjanov — Nukus shahridagi “Oralbay Nukus” oilaviy korxonasi rahbari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
    • Mirzoxid Abduxalilov — Andijon mashinasozlik institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati);
    • Alisher Komilov — Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti ilmiy xodimi (Andijon viloyati);
    • Feruz Jo‘rayev — “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi (Buxoro viloyati);
    • Jahongir Norboyev — Peshku tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati);
    • Bekzod Tursunov — Toshkent arxitektura-qurilish instituti tayanch doktoranti (Jizzax viloyati);
    • Ravshan Xalilov — Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich talabasi (Jizzax viloyati);
    • Farrux Qodirov — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali 1-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati);
    •  Muhriddin Ochilov — Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati);
    • Suhrob Haydarov — Navoiy shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi (Navoiy viloyati);
    • Husan Egamov — Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati);
    • Farrux Abduxalilov — Yangiqo‘rg‘on tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi vrach-epidemiologi (Namangan viloyati);
    • Sardorjon Saloydinov — Toshkent davlat texnika universitetining 1-bosqich magistranti (Namangan viloyati);
    • Hasan Nurullayev — Narpay tumanidagi 64-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi (Samarqand viloyati);
    • Rasul Sharipov — Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari vzvod komandiri (Samarqand viloyati);
    • Jasur Usmonov — Milliy gvardiyaning Harbiy-texnik instituti tayanch doktoranti (Sirdaryo viloyati);
    • Azizjon Eshbekov — Mirzaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati);
    • Sharafuddin Lutfillayev  — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati);
    • Olim Saparov — “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining Termiz shahar filiali rahbari (Surxondaryo viloyati);
    • Boburjon Yo‘ldashboyev — Parkent tumanidagi Modern education intellektni rivojlantirish markazi direktori (Toshkent viloyati);
    • Sarvar Shoyunusov — Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);
    • Asilbek Ahadjonov — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati);
    • Jasurbek Imomov — O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati);
    • Rahmatjon Bobojonov — Toshkent shahridagi “Kitob dunyosi” gazetasining o‘zbek adabiyoti bo‘limi muharriri (Xorazm viloyati);
    • Nodirbek Yoqubboyev — O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Xorazm viloyati);
    • Muhiddin Mamajonov — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassis-o‘qchisi (Toshkent shahri);
    • Vladislav Mustafin — Suzish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Toshkent shahri).
    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda ikki nafar maktab o‘quvchisi ham “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.

    27.08.2020, 12:58   Izoh (0)   18669
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tanzila Norboyeva: “Ba’zi qonunlar o‘z vaqtida ayrim shaxslar manfaatiga moslab chiqarilgan”

    27.08.2020, 12:28

    Namanganda bir vaqtning o‘zida 10 ta mehmonxona qurilishi olib borilmoqda

    27.08.2020, 11:53

    Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘lining Usmon Nosir 2-tor ko‘chasi bilan kesishmasi bir oyga yopildi

    27.08.2020, 11:29

    Sergeli tumanidagi “Ziyokor” mahallasi nomi o‘zgartiriladi, Olmazor tumanida yangi mahalla tashkil etiladi

    27.08.2020, 11:05

    Oqqonga chalingan bolalar saxovatpesha insonlardan najot kutmoqda

    27.08.2020, 10:30

    “O‘zbekiston” lokomotiv deposi navbatchisi 23 nafar fuqaroni 18 ming dollardan ziyod pulga “uxlatgani” aniqlandi

    27.08.2020, 09:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.