“Chelsi” klubi mavsumlar orag‘idagi ta’tildan so‘ng klub tasarrufiga qaytgan to‘rt nafar futbolchini karantinga yubordi, deya xabar qilmoqda The Sun.
Hujumchi Temmi Abraham, yarim himoyachilar Meyson Maunt va Kristian Pulishich, shuningdek himoyachi Fikayo Tomori izolyatsiyada bo‘lib turibdi.
Bu futbolchilar dam olish kunlarini Mikonos orolida o‘tkazgan. Safardan qaytgach, ularning hech biri klub bazasida kelmagan. Klub har qanday holatda ham jamoa ichida virus tarqalishi xavfini oldini olmoqchi.
“Chelsi” yuqoridagi futbolchilarda infeksiya aniqlangan yoki aniqlanmagani haqida ma’lumot bermagan. Biroq shunisi aniqki, klubda bir nechta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan.
“Chelsi” 2020/21-yilgi mavsumni 14-sentabr kuni Premyer Liga doirasidagi “Brayton”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)