Surxondaryo viloyati IIB YHX inspektori tomonidan tasvirga olingan video tarmoqqa joylandi. Videoda haydovchi avtomobil boshqaruviga ruxsat beradigan hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda 35 kishini Changan rusumli avtomashina yukxonasida olib ketayotgani qayd etilgan.
YHX inspektori to‘xtatgan avtomashinaning Islom ismli haydovchisi kabinadagi yo‘lovchilar bilan birga jami 37 kishini olib ketayotgani aniqlangan. Haydovchidan hujjatlari so‘ralganda u hujjatlar uyda qolganini aytgan.
Yukxonadagi odamlar orasida yosh bolalar ham borligi aniqlangan.
Haydovchiga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilgan.
Mavzuga doir:
- Navoiyda Nexia haydovchisi uxlab qolishi oqibatida dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilardan biri voqea joyida vafot etgan
- Sharof Rashidov tumanida 2 ta Damas to‘qnashdi. Mashinalardan biridagi yo‘lovchi bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan
- Farg‘onada Damas va Labo to‘qnashuvida bir haydovchi halok bo‘ldi
Izoh (0)