• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 24-avgust kuni 402 kishida koronavirus aniqlandi. Yetti bemor vafot etdi

    O‘zbekistonda 23-avgust soat 23:00 dan 24-avgust soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 402 ta holat qayd etildi. Bu so‘nggi 48 kun ichidagi eng kam kasallik aniqlangan kunlar orasida 21-avgustdagi ko‘rsatkichdan (381 ta holat) keyingi ikkinchi natijadir. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 39348 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 280, “Daryo” hisobi bo‘yicha 289 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 280, “Daryo” hisobi bo‘yicha 289 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 402 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 262 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 116 nafar;
    • Xorazm viloyatida — 10 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 5 nafar;
    • Andijon viloyatida — 4 nafar;
    • Navoiy viloyatida — 3 nafar;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 2 nafar.
    Kun davomida 7 ta hududda yangi kasallanish holatlari qayd etildi.

    Toshkent shahrida 262 kishida koronavirus aniqlandi. Avgustda uchinchi marta poytaxtda bir kunda aniqlangan kasallanish holatlari 300 taga yetmadi. Avgust oyida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (21-avgust) 227 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. Avgust oyida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 9362 ta yangi holat aniqlandi. Kasallanganlar soni bo‘yicha 2—4-o‘rinlarda borayotgan Toshkent, Samarqand va Andijon viloyatlaridagi butun epidemiya mavsumida aniqlangan kasallanish holatlarini qo‘shib hisoblaganda ham Toshkent shahrida avgust oyida qayd etilgan holatlardan 38 taga kamdir.

    Toshkent viloyatida 116 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda 26-iyuldan buyon faqatgina bir marta — 23-avgust kuni kasallanish holatlari 100 taga yetmadi (61 ta holat). Avgust oyining 24 kuni ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 3743 kishiga ko‘paydi. Viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 57 foizi aynan avgustga to‘g‘ri keldi.

    Xorazm viloyatida 10 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda avgust oyida 8 kun yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda jami 88 kishida COVID-19 qayd etildi.

    Qashqadaryo viloyatida 5 kishida koronavirus aniqlandi. Oxirgi 6 kun ichida viloyatda uzluksiz ravishda viloyatda yangi holatlar ro‘yxatga olindi, ammo bu kunlarda kunlik kasallanish holatlari biron marta ham 8 tadan oshmadi. Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 909 nafarga yetdi. Viloyat koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha O‘zbekistonda 6-o‘rinda bormoqda.

    Andijon viloyatida 4 kishida COVID-19 qayd etilgan. Viloyatda oxirgi 39 kun ichida (17-iyuldan beri) faqat 3 marta — 25-iyul, 8-avgust va 15-avgust kunlari yangi kasallanish holatlari aniqlanmagan. Andijon viloyatida koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1172 nafarga yetdi, bu butun O‘zbekiston bo‘yicha aniqlangan bemorlarning qariyb 3 foiziga teng deganidir.

    Navoiy viloyatida 3 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda avgust oyida 70 kishida koronavirus qayd etildi. Ushbu oyda Navoiyda COVID-19 aniqlangan kunlarda faqat bir marta — 4-avgust kuni kunlik kasallanishlar soni 10 tadan ko‘p (14 ta) bo‘lgan. Navoiyda kasallik aniqlanganlar soni 501 nafarga yetdi. Navoiy koronavirusga chalinganlar soni 500 nafardan oshgan O‘zbekistondagi 10-hudud bo‘ldi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 kishida COVID-19 aniqlandi. Respublikada avgust oyida 88 kishida COVID-19 qayd etildi, bu Qoraqalpog‘istondagi jami kasallanish holatlarining 20 foiziga tengdir.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 3 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. SSV ikkinchi marta bir kunda 7 bemor vafot etgani haqida axborot bermoqda.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 59 yoshli R.Sh. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashagan 50 yoshli D.I. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 62 yoshli Yu.M. ismli erkak vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 45 yoshli Z.O. ismli ayol vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 68 yoshli A.E. ismli erkak vafot etgan.

    Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 67 yoshli Z.G. ismli ayol vafot etgan.

    Yettinchi o‘lim. Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashagan 38 yoshli X.Ya. ismli ayol vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 280 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 289 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3517 nafar bemordan 282 nafari og‘ir, 132 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Uch kun avval ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 373 nafarni, ikki kun avval 375 nafarni, bir kun avval 378 nafarni tashkil etayotgandi, endi esa 414 nafarga yetdi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 11,8 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    24-avgust kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida 564 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Avgust oyida 21-marta sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

    Yangi tuzalganlarning

    • 376 nafari Toshkent shahrida;
    • 141 nafari Toshkent viloyatida;
    • 11 nafari Buxoro viloyatida;
    • 8 nafari Xorazm viloyatida;
    • 7 nafari Andijon viloyatida;
    • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
    • 5 nafari Namangan viloyatida;
    • 5 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 3 nafari Farg‘ona viloyatida;
    • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 39348 nafar bemordan 35551 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda. Bu natija rekord hisoblanadi. Ilgari hech qachon koronavirusdan davolanish ko‘rsatkichi 89 foizdan oshmagandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 3517 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni oxirgi 50 kun ichidagi eng past ko‘rsatkichga tushdi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 2707 nafar. Farg‘onada 3, Jizzaxda 8, Navoiyda 13, Xorazmda 19, Qoraqalpog‘istonda 17, Surxondaryoda 25, Sirdaryoda 26, Andijonda 27, Buxoroda 31, Qashqadaryoda 32, Namanganda 61, Samarqandda 102 va Toshkent viloyatida 446 nafar bemor qoldi.

    24.08.2020, 23:49   Izoh (0)   103936
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston BAAdagi xorijlik ishchilar bozorida katta ulushni egallash niyatida. Muhojirlar uch yo‘nalish bo‘yicha tayyorlanadi

    24.08.2020, 23:23

    Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglari, Samara viloyatidagi o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi

    24.08.2020, 23:17

    Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining xarajatlari haqidagi ma’lumotlar Moliya vazirligining saytida e’lon qilib boriladi

    24.08.2020, 23:04

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi va yozuvchi Poyon Ravshanov vafot etdi

    24.08.2020, 22:58

    BAAning Jetex kompaniyasi O‘zbekiston aviatsiya bozoriga kirishi mumkin

    24.08.2020, 22:22

    Xitoy COVID-19’ga qarshi kurashayotgan o‘zbekistonlik shifokorlarni himoya qilish uchun xalq tabobati usulida tayyorlangan dorilarni yetkazib beradi

    24.08.2020, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH sudi Trampga boj joriy etishni taqiqlaydi

    Dunyo | 29 may, 18:05

    Bir oy davomida har kuni 10 ming qadam yurilganida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

    Layfstayl | 29 may, 17:55

    O‘zbekiston terma jamoasi muhim bahsda qatnashish uchun BAAga yetib bordi (foto)

    Sport | 29 may, 17:45

    “Dolzarb 90 kun”: o‘quvchilarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 29 may, 17:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.