Og‘ir vazn toifasida WBC vaqtinchalik kamari sohibi Aleksandr Povetkin Dillian Uaytga qarshi jangdagi g‘alabasidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Jang avvalida biroz ehtiyotkorlik qildim va buning natijasida bir nechta yoqimsiz zarba o‘tkazib yubordim. Nokdaunlarga keladigan bo‘lsak, ularni og‘ir deb atamagan bo‘lardim. Hammasini tushunib va anglab turardim. Biroq Uaytni alohida e’tirof etish kerak, uning zarbasi kuchli. Meni hisobdan chiqarib qo‘yganlar adashganini barchaga isbotladim. Bu yoqimli tuyg‘u va biz yo‘lda davom etamiz.Rossiyalik bokschi 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan boks kechasida Uaytni 5-raundda nokautga uchratdi va WBC divizionining vaqtinchalik chempioniga aylandi. Endilikda Povetkin Tayson Fyuri egalik qiladigan WBC kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi.Dillian bilan revanshga keladigan bo‘lsak, agar promouterlar kelisha olsa, men bunga rozi bo‘laman. Uaylder — Fyuri juftligi g‘olibi bilan bo‘ladigan jangga qadar hali ancha bor. Bizning shartnomada revansh haqida band bor.
Aleksandr Povetkin, bokschi
Nokaut videosini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin: HAVOLA
Izoh (0)