• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    21-avgust – Amerikadagi eng mashhur qullar isyoni boshlangan kun. Nat Tyorner qo‘zg‘oloni haqida

    1831-yilning 21-avgust kuni Nataniel Tyorner ismli qora tanli qul boshchiligida, Amerikaning Virjiniya shtatida misli ko‘rilmagan qullar qo‘zg‘oloni boshlandi. Qo‘zg‘olonchilarning shafqatsiz harakatlari barchani qo‘rquv va dahshatga solib qo‘ygan edi. Qullar na ayollarga va na bolalarga shafqat qilishardi. Ular oq tanlilarda qo‘rquv uyg‘otishni istardi... “Daryo” Amerikada qullarni ozod qilish harakatining burilish nuqtalaridan biri bo‘lgan qo‘zg‘olon tarixi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Amerikaga qullikning kirib kelishi

    XVII asrning boshlarida yevropalik ko‘chmanchilar tez o‘sib borayotgan Shimoliy Amerika koloniyalarining ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yo‘lida Afrikadan qullar olib kela boshladi. Ular uchun afrikalik qora qullarni ishlatish shu paytgacha mintaqada mavjud bo‘lgan yollanma ishchilardan ko‘ra foydaliroq edi. Chunki ishchilarga oylik to‘lash kerak, qullar esa bir marta sotib olinib, umrbod tekin ishlaydi. 1619-yilda ilk bora golland kemasi 20 nafar afrikalikni Virjiniya shtatining Jeymstaun koloniyasi qirg‘og‘iga olib chiqqanidan boshlab, quldorlik Amerika koloniyalari bo‘ylab keng tarqaldi. Aniq raqamlarni berishning iloji bo‘lmasa-da, ba’zi tarixchilar XVIII asrning o‘zida “yangi dunyo”ga olti-yetti million nafar qullar keltirilgan deb ta’kidlaydi.

    Natning bolaligi

    Nat qullarning oilasida, Samuel Tyorner ismli quldorning xo‘jaligida dunyoga keldi. Uning faqatgina Nataniel degan ismi bor edi xolos, unga Tyorner familiyasini esa xo‘jayini Samuel Tyorner bergan. Balki uning o‘z familiyasi ham bo‘lgandir, ammo o‘sha vaqtlarda qullarga egasining familiyasi bilan murojaat qilish urf edi. Nat o‘zining kelib chiqishi haqida juda kam ma’lumotga ega bo‘lgan. Bolaligida qul otasi qochib ketgan va u qari buvisi Bridjit bilan qolgandi. Bridjit ham Samuel Tyornerning quli edi. Balki otasining qullikdan qochib qutulgani unga tinchlik bermagandir va u ham shu yo‘lni tanlashiga asosiy sabablardan biri shu bo‘lgandir. Ammo Nat Tyorner shunchaki qochishni istamasdi, uning qalbi qasos o‘tida yonardi...

    Tyorner bolalikdan boshqa qullardan o‘z zehni bilan ajralib turardi. U juda erta yoshida o‘qish va yozishni o‘rgandi. Dinga chuqur berilgan, ro‘za tutar va ibodat qilardi. Natning so‘zlariga ko‘ra, unga Xudodan vahiylar kelardi. Bu qarashlar uning hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Masalan, Tyorner 22 yoshida o‘z egasidan qochib ketdi, biroq bir oydan so‘ng  unga xudodan vahiy kelgani uchun qaytib keldi. U qora tanli qullar ichida Injilni keng targ‘ib qilgan va tengqurlari uni payg‘ambar deb atashardi. Natni qo‘zg‘olon uyushtirishiga turli hil ilohiy sabablar bo‘lgan deb hisoblanadi.

    Masalan, 1828-yilning 12-may kuni unga go‘yoki qo‘zg‘olon tayyorlash uchun Xudodan vahiy kelgan. 1831-yilning 12-fevral kuni Virjiniya shtatida quyosh tutilishi kuzatilgan. Tyorner o‘shanda quyoshni yopib qo‘ygan qora odamni qo‘lini ko‘radi va buni a’lomat sifatida qabul qiladi. Shu yilning 7-avgust kunida yana bir bor quyosh tutilishi kuzatildi. Tyorner esa buni  yakuniy ishora sifatida qabul qiladi va ikki haftadan so‘ng isyon boshlaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qo‘zg‘olon

    1831-yil 21-avgust kuni Nat Tyorner bir necha nafar ishonchli qullarni ozod qilish bilan qo‘zg‘olon boshladi. Isyonchilar uydan uyga ko‘chib, boshqa qullarni ham ozod qildi va o‘z xo‘jayinlarini o‘ldirdi. Ular 70 dan ortiq qullar va erkin qora tanlilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Isyonchilar dastlab o‘z hujumlarini sezdirib qo‘ymaslik uchun o‘q-dorilardan emas, balki pichoq va boltalardan foydalangan. Uyma-uy yurib, uchraganki boy oq tanlilarni bo‘g‘izlab ketavergan.

    Natning shaxsan o‘zi isyonda faqat bir kishini o‘ldirganini tan olgan. Oq tanlilar tomonidan javob zarbasi berilishidan oldin, isyonchilar jami 60 nafar oq tanli erkak, ayol va bolalarni o‘ldirishga ulgurgan edi. Shuni ta’kidlash kerakki, Tyorner va uning tarafdorlari kambag‘allikda yashagan oq tanlilarni omon qoldirgan. Qo‘zg‘olonchilar inqilobiy zo‘ravonlikni oq tanlilarning qora qullarga nisbatan shafqatsizlikka yo‘g‘rilgan munosabatlariga teng javob sifatida baholagan. Keyinchalik Tyorner bu shafqatsizliklar orqali oq tanlilar orasida qo‘rquv va xavotir tarqalishini xohlaganini aytadi.

    Isyonning bostirilishi 

    Isyon ikki kun davom etdi, ammo oq tanlilar tomonidan tez orada bostirildi. Tyornerning o‘zi ikki oy davomida yashirinib, 30-oktyabr kuni usti taxtalar bilan yopilgan yerto‘ladan topildi. 1831-yilning 5-noyabr kuni Nat Tyorner ustidan sud bo‘lib o‘tdi. Sudda u barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topildi va o‘lim jazosiga hukm qilindi. Qizig‘i shundaki, Nat Tyorner shu yilning 11-noyabrida Virjiniya shtatining Quddus (hozirgi Kortlend) shahrida osilgan. Tyornerni qatl qilishdan oldin undan “xatoyingni anglab yetdingmi” deb so‘raganlarida, u “Iso Masih ham xochga mixlanmaganmidi?”deya javob bergan. Uning terisini shilib, boshini uzib, tanasini esa to‘rt qismga bo‘lib tashlaganlar.

    Oqibatlar

    Isyondan so‘ng unga aloqador bo‘lgan 50 nafar qora tanlilar ham ayblandi. Ularning ichida qul bo‘lmagan besh nafar ozod qora tanlilar ham bor edi. Ayblangan qullardan 15 nafari oqlandi. Qolgan 35 nafar mahkumlardan 18 tasi osib o‘ldirilgan, qolgani afv etilgan va davlat tomonidan qul sifatida qayta sotib yuborilgan. Isyonda ishtirok etgan besh nafar ozod qora tanlilardan biri osilgan, qolganlari esa oqlangan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tyorner qatl etilganidan so‘ng, mahalliy advokat Tomas Grey Nat haqidagi ma’lumotlarni yig‘ib, chop etdi va bu ma’lumotlar hozirgacha Nat Tyorner haqidagi yagona tarixiy hujjat hisoblanadi.

    Tyornerning qo‘zg‘olon boshlashiga asl sabab uning qullikda, qiyinchilikda ulg‘aygani emasdi. Nat o‘z xo‘jayininini juda ham hurmat qilar va uni juda mehribon inson deb hisoblardi. Nat shunchaki o‘zini “Xudo vahiy yuborgan payg‘ambar” deb hisoblardi. Shu sababli u o‘zini “qora tanli o‘z qavmini qutqarish” to‘g‘risida vahiy olgan deb bilardi. Aynan shuning uchun Nat Terner Amerika tarixidagi eng katta qullar qo‘zg‘olonini amalga oshirdi.

    Isyon ko‘tarilganiga qaramay, uni befoyda bo‘lgan va oqibatda hech narsaga olib kelmagan deya olmaymiz. Uning eng muhim natijasi janubdagi oq tanli odamlarning ongiga aqlbovar qilmas darajada kuchli psixologik ta’sir ko‘rsatganida bo‘ldi. Ammo shundan so‘ng haqiqiy terror boshlandi, bu jarayon shubhali qullarni qamoqqa olishda, uylarini tintuv qilish va hatto qatllarni amalga oshirishda yaqqol namoyon bo‘ldi. Agar qora tanli odam (ozod yoki qul, bola yoki qariya – muhim emas) qo‘zg‘olon uyushtirishga jur’at etguday bo‘lsa, uni faqatgina o‘lim kutishi aytildi. Quldorlar ultimatum qo‘ydi: bo‘ysunish yoki o‘lim.

    Bundan tashqari, shundoq ham mavjud bo‘lmagan qullar erkinligini yanada toraytiradigan bir qator yangi qonunlar chiqarildi. Masalan, ularga besh kishidan ko‘proq (ishdan tashqari) guruhlarga birlashish taqiqlandi. Eng kamsituvchi qarorlardan biri, qullarga o‘qishni o‘rganishni taqiqlash bo‘ldi. Ba’zi shtatlar Virjiniyadagi qo‘zg‘olondan so‘ng, qo‘zg‘olon ruhini o‘z hududlariga o‘tkazmaslik uchun u yerdan qul sotib olishdan bosh tortdi.

    Shunday qilib, Nat Tyorner qanday niyatlar bilan isyon qilganidan qat’iy nazar, uning xatti-harakatlari quldorlarni o‘z qullariga haqiqiy xavf sifatida qarashga majbur qildi. Ushbu qo‘zg‘olon Amerikada qullarni ozod qilish harakatining burilish nuqtalaridan biri edi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    21.08.2020, 10:41   Izoh (0)   90801
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bill Geyts koronavirus pandemiyasidan xavfliroq falokat sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

    21.08.2020, 10:11

    2017-yilda Manchesterdagi konsertda terakt sodir etgan jinoyatchining ukasi unga ushbu ishda sherik bo‘lgani uchun kamida 55 yilga qamalishi mumkin

    21.08.2020, 09:42

    Qozog‘istonda koronavirusga chalinib undan tuzalgan 14 nafar bolada Kavasaki sindromi kuzatildi

    21.08.2020, 08:59

    Shvetsiyada 2020-yilning birinchi yarim yilligidagi o‘limlar soni bo‘yicha 1869-yildan beri hali kuzatilmagan holat qayd etildi

    21.08.2020, 08:27

    O‘rta Yer dengizida katta qayiqning dvigateli portlashi oqibatida kamida 45 nafar qochoq cho‘kib ketdi

    21.08.2020, 07:24

    Misrda mamlakatga kelayotganlar uchun koronavirusga PZR test topshirish majburiy qilib qo‘yilmoqda

    21.08.2020, 06:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.