Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi omborda o‘g‘rilik sodir qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda shahar IIBB.
Ma’lum qilinishicha, Yakkasaroy tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, yanvar oyidan avgust oyiga qadar 26 yoshli jizzaxlik Sardor A. o‘zi yukchi bo‘lib ishlagan MChJlardan birining omborxonasidan 36 yoshli Abbos K.ga tegishli narxi 153 988 380 so‘m bo‘lgan kuzatuv kameralari va boshqa moslamalarini o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)