“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen operatsiya qilinadi.
Katalon klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchining tizzasida jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Germaniyalik posbonning tizza osti paylaridagi muammo sabab operatsiyaga zarurat tug‘ilgan. Ta’kidlanishicha, operatsiya 18-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Ispan OAVning xabariga ko‘ra, ter Shtegen 3-4 oy maydonga tusha olmasligi mumkin.
2019/20-yilgi mavsumda darvozabon barcha 46 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)