Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali 2019-yil 14-noyabrdagi Prezident farmoniga ko‘ra O‘zbekistonda fuqarolarning qaysi kunlarda dam olishi haqida ma’lumot berdi.
Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar ham 6 kun ishlaydiganlar ham 30—31-avgust hamda 1-sentabr kunlari (3 kun) dam oladi.
Xususan:
- 30-avgust (yakshanba) – taqvim bo‘yicha dam olish kuni;
- 31-avgust (dushanba) – 29-avgust (shanba)dan ko‘chirilgan dam olish kuni;
- 1-sentabr (seshanba) – ishlanmaydigan bayram kuni.
Navro‘z bayrami arafasida o‘zbekistonliklar 3 kun ketma-ket: 21-mart – shanba (Navro‘z bayrami), 22-mart – yakshanba (dam olish kuni) hamda 23-mart – dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni) dam olgandi.
Izoh (0)