Yaqinlashib kelayotgan mart oyida kalendar bo‘yicha dam olinadigan 2 ta bayram kunlari bor: birinchisi Xalqaro xotin-qizlar kuni, ikkinchisi – Navro‘z bayrami, deb xabar bermoqda Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram-kanalida.

Bloger 8-mart kuni xodimlar uchun hech qanday afzallik bermasligi, chunki bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi, aksariyat davlatlarida agar bayram yakshanba (dam olish) kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, unda keyingi kun, ya’ni dushanba – dam olish kuni deb e’lon qilinishi, biroq hozircha O‘zbekistonda bunday tartib yo‘qligi haqida to‘xtalib o‘tgan.

Foto: Telegram / @xushnudbek

“Navro‘z bayramiga kelsak, ushbu bayram ham shanba kuniga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni shundoq ham haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlarga shanba dam olish kuni bo‘lar edi. Ammo Prezident Farmoniga binoan 23-mart – dushanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi”, – deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Navro‘z bayrami arafasida o‘zbekistonlik 3 kun ketma-ket dam olishadi:

  • 21-mart – shanba (Navro‘z bayrami);
  • 22-mart – yakshanba (dam olish kuni);
  • 23-mart – dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni).