• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda xizmat mashinalari davlat xizmatchilariga shaxsan biriktirilishi mumkin

    Transport vazirligi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur hujjat Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda davlat mulkidan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishni ta’minlash maqsadida qabul qilinadi.

    Belgilanishicha, xizmat avtotransportlari O‘zbekiston Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan:

    • davlat hokimiyati va respublika davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarida birinchi rahbarlar hamda ularning o‘rinbosarlariga;
    • vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralar huzuridagi davlat organlarida hamda davlat boshqaruvi organlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalarida birinchi rahbarlarga shaxsan biriktiriladi.
    Quyidagilar:
    • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlarini klassiga qarab biriktirish normativlari;
    • xizmat avtotransportlarining yo‘l bosish yillik limiti va ulardan foydalanish normativlari tasdiqlanadi.

    Xizmat avtomobillari uchun yillik yo‘l bosish limitini o‘rnatish taklif etilmoqda. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, shaharlar va tumanlar hokimlariga shaxsan biriktirilgan avtotransport uchun 54 020 kilometr, ularning o‘rinbosarlariga shaxsan biriktirilgan avtotransport uchun 36 036 kilometr belgilanadi. Xizmat avtotransportlarini suyultirilgan va siqilgan gaz yoqilg‘isiga o‘tkazayotgan vazirliklar va idoralar uchun belgilangan yo‘l bosish limitini 10 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorga oshirishga ruxsat etiladi.

    Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlarini:

    a) yangisiga almashtirish undan kamida 5 yil foydalanilgandan so‘ng amalga oshiriladi (foydalanishga yaroqsiz holga kelgan avtotransportlar bundan mustasno). Bunda avtotransportning texnik holati, undan foydalanish xavfsizligi, shuningdek, yangisiga almashtirishning iqtisodiy maqsadi inobatga olinishi lozim;

    b) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan – Moliya vazirligi bilan kelishgan holda;

    Qoraqalpog‘iston Respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan – tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tegishli budjetlardan ajratilgan mablag‘lar doirasida sotib olinadi yoki ijara bo‘yicha jalb etiladi, shuningdek, xizmat avtotransportlarini sotish faqat E-ijro auksion yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

    Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari:

    • Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda markaziy apparati va tizim tashkilotlarida foydalanishda mavjud bo‘lgan xizmat avtotransportlarini bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazadi;
    • xatlov natijalari bo‘yicha belgilangan normativlardan ortiqcha bo‘lgan xizmat avtotransportlarining ro‘yxatini tasdiqlaydi;
    • 2021 yil 1 yanvarga qadar tasdiqlangan ro‘yxat asosida ortiqcha xizmat avtotransportlarini E-ijro auksion yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishini ta'minlaydi;
    • xizmat avtotransportlarini sotishdan tushgan mablag‘larni respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar tegishli mahalliy budjetlarga yo‘naltiradi;
    • xizmat avtotransportlarining belgilangan yo‘l bosish yillik limitlariga qat'iy amal qiladi.
    Moliya vazirligi:

    a) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar:

    • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali xizmat avtotransportlarini sun'iy yo‘ldosh kuzatish tizimidan (GPS navigator) foydalanib nazorat qilish;
    • tashkilotlar kesimida xizmat avtotransportlari soni, yo‘l bosish yillik limitining belgilangan me’yorlarga muvofiqligini, yonilg‘i sarfi, avtomobil markasi va ishlab chiqarilgan yili hisobini yuritish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta'minot ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi;
    b) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlarining soni, yo‘l bosish yillik limitining belgilangan me’yorlarga muvofiqligini doimiy monitoring qilib boradi hamda uning natijalarini har chorak yakuni bo‘yicha o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi;

    v) davlat organlaridagi xizmat avtotransportlarining hisobi va monitoringini yuritish, dasturiy ta'minotni amaliyotga joriy etish va monitoring natijalari yuzasidan hisobotlarni tayyorlash maqsadida vazirlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida 3 ta shtat birligidan iborat bo‘lim tashkil etadi.

    Belgilab qo‘yilishicha, 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat hokimiyati (mahalliy davlat hokimiyati organlari bundan mustasno) va respublika davlat boshqaruvi organlarida:

    • xizmat maqsadlarida, shu jumladan, xorijiy delegatsiyalar va mehmonlarga xizmat ko‘rsatish autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa maxsus transport vositalari xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi. Bunda, ushbu organlar tomonidan avtobus, taksi va boshqa maxsus transport vositalari xizmatlarini jalb etish davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
    • xizmat avtotransportlari Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan davlat organining nomi aks ettirilgan maxsus emblema (gologramma) bilan jihozlanadi;
    • xizmat avtotransportlaridan faqat xizmat maqsadlarida foydalanilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi hamda xizmatdan tashqari maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlanganda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining maxsus veb-portaliga, shuningdek, maxsus mobil dasturiy ta'minotiga foto va video materiallarni joylashtirish orqali xabardor qilinadi.
    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar aholiga xizmat avtotransportlaridan xizmat maqsadlarida foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi foto va video materiallarni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan maxsus veb-portalni yaratadi hamda har bir xabar berilgan holat bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish tizimini joriy etadi.
    Mavzuga doir: O‘zbekistonda davlat idoralari xodimlariga xizmat mashinalaridan ishdan tashqari vaqtda foydalanish taqiqlanishi mumkin

    14.08.2020, 06:08   Izoh (0)   50185
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada unashtiruvi bekor qilingan yigit sevgan qizining uyini yoqib yubordi (video)

    14.08.2020, 05:27

    Yunusobodda haydovchilarga soxta ruxsatnoma tayyorlagan bosh shifokor qo‘lga tushdi

    14.08.2020, 03:35

    O‘zbekistonda 13-avgust kuni 669 kishida koronavirus aniqlandi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yozning rekordi yangilandi

    13.08.2020, 23:59

    Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

    13.08.2020, 23:46

    Toshkent viloyatida 2 yoshli bola cho‘kib ketgan Jo‘nariq kanali atrofiga himoya to‘siqlari o‘rnatiladi

    13.08.2020, 23:23

    Shavkat Mirziyoyev akademik Telman Rajabov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    13.08.2020, 22:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.