Asli ismi Nazan Kirildi bo‘lgan Kesal 1969-yilning 28-mart kuni Manisaning Ko‘prubashi tumanida tug‘ilgan. Salihli shahridagi maktab va litseyni tamomlagach, Izmirdagi Dokuz Eylül universitetining teatr va kino bo‘limida o‘qigan.
Pul va qizlari uchun har narsaga tayyor Fazilat xonim – Nazan Kesalning shaxsiy hayoti barchaga birdek qiziq. Nazan Kesal “Chuqur” serialidagi Idris Kochovali – Erjan Kesalning turmush o‘rtog‘i.
Bo‘lajak aktrisaning ota-onasi san’atdan yiroq kishilar edi. Shuning uchun ham Nazanning bir necha yil ichida mashhur aktrisa bo‘lishini hech kim tasavvur qila olmagan. Uzoq vaqt aktrisaning kino olamida omadi chopmagan. U, asosan, epizodik rollar va reklama roliklarida suratga tushgan. Nazan 1996-yilda Diyorbakir davlat teatriga aktrisa va rejissor bo‘lib ishga kiradi. O‘n yil o‘tgach, Istanbul teatrida rassomlik qilgan.
2000-yillarning boshida aktrisaga kinodan taklif tusha boshladi. Aktrisa filmografiyasida 32 ta film va seriallar mavjud. “Sevgi va jazo”, “Yovvoyi asal”, “Mening ukam” kabi filmlarda muvaffaqiyatli rollarni ijro etdi. Ayniqsa “Fazilat xonim va uning qizlari” serialidagi Fazilat xonim roli aktrisa Nazan Kesalga katta mashhurlik olib keldi.
Nazan Kesal aktyor Erjan Kesal bilan 2005-yil turmush quradi. Ularning Poyraz ismli o‘g‘il farzandi bor.
Izoh (0)